Tog‘ mintaqasi. Bu mintaqa okean sathidan 1000-1200 m dan
2700-2800 m gacha bo‘lgan balandlikda joylashgan. Tog‘larda havo
nam bo‘lganligidan o‘simliklar turi ko‘p, qalin bo‘lib o‘sadi.
Tog‘larning yon bag‘irlarida o‘simliklardan betaga, ravoch, tog‘
yalpizi, tog‘ rayhon, anzur, bug‘doyiq, butalardan na’matak, zirk, irg‘ay,
o‘sadi. Tog‘ o‘rmonlarida bodom, pista, do‘lana, o‘rik, olma, olcha, nok,
yong‘oq kabi mevali daraxtlar o‘sadi. Tog‘ va baland tog‘larimizda -
1048 tur o‘simliklar ro‘yxatga olingan.
Tog‘ mintaqasi hayvonat dunyosiga juda boy. O‘rmonlarda jayra,
bo‘rsiq, olmaxon yashaydi. Qushlardan: boltatumshuq, mayna,
zarg‘aldoq jannatqushi, bulbul, boyo‘g‘li, kaptarlar, chumchuqlar,
hakka, burgutlar yashaydi. Sut emizuvchilardan: ayiq, bo‘ri, tulki,
quyon, to‘ng‘iz, slovsinlar ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |