Yaylov mintaqasi. Yaylov yoki baland tog‘ mintaqasi okean
sathidan 2700-2800 m dan balandda joylashgan bo‘lib, maydoni
unchalik katta emas. Bu yerda subalp va alp o‘tloqlari o‘simliklari
67
o‘sadi. Yovvoyi arpa, bug‘doyiq, yovvoyi suli, betagalar, qoqi, tipchoq
shular jumlasidandir. Yaylov mintaqasida alqor, nik (bug‘u), kiyiklar,
tog‘ echkisi, kemiruvchilardan qor barsi, oq tirnoqli ayiq, bo‘rilar
uchraydi.
3. Biologik resurslardan foydalanish. Qayd qilganimizdek inson
hayotida, faoliyatida biologik resurslar juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Birgina o‘rmonzor daraxtlaridan xalq xo‘jaligida 20 ming xil mahsulot
olinadi. Masalan: 1m
3
yog‘ochni kimyoviy yo‘l bilan qayta ishlashda:
•
200 kg sellyuloza yoki
•
200 kg yozuv qog‘ozi
•
200 kg oziq glyukoza
•
6000 m
3
sellefan
•
6 litr spirt
•
20 litr sirka kislotasi
•
4000 juft paypoq
•
180 juft kalish yoki
•
2 dona avtomobil shinasi olish mumkin.
1m
3
tog‘ teragi yog‘ochidan 1 mln. dona gugurt cho‘pi, 300 kg
karton olish imkoniyati bor.
Respublikamizda
o‘sadigan
577
tur
o‘simlik
shifobaxsh
o‘simliklardir, shulardan 115 turi ilmiy tabobatda ishlatiladi, 47 turi
davlat farmakologiyasiga kirtilgan. Floramizdagi 1500 tur o‘simlik
chorva mollari uchun ozuqaviylik xususiyatiga ega. Shundan 550 turini
chorva mollari a’lo darajada yeyishadi, 180 turi dasturxonimizdagi oziq-
ovqatda, 200 turi zirovarchilikda, 400 turi oshlovchi, 150 turi
bo‘yoqchilikda ishlatiladi.
O‘zbekistonda hayvonat dunyosining 600 ga yaqin turi ro‘yxatga
olingan, sut emizuvchilarning 97 turi, qushlarning 379 turi, sudralib
yuruvchilarning 58 turi mavjud. Respublika tabiatni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, ov qilinadigan va baliq
tutiladigan maydon 3,8 mln. ga. dan iborat. Har yili o‘rtacha 60 ming
dona suzuvchi qushlar, 23 mingtagacha to‘stovuq, 13 ming kaklik, 500
bosh yovvoyi to‘ng‘iz, 1-2 ming sayg‘oq, 100 ming donagacha
toshbaqa, 100 ming donagacha qurbaqa ovlanmoqda. Albatda bu rasmiy
ma’lumotlar, yil davomida ov qiladigan brakonerlarning o‘ljasini hech
kim, hech bir tashkilot hisob-kitob qilmaydi. Suv havzalarimizda ham
har yili minglab tonna baliq ovlanadi. Lekin aholimizning baliq
mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji hali qondirilgan emas.
68
Respublikamizda biologik resurslardan foydalanishning juda katta
istiqbollari bor. O‘lkamizdagi shifobaxsh o‘simliklar ko‘plab o‘sadigan
maskanlarda, dam olib, sog‘lomlashtirish ishlarini yaxshi yo‘lga
qo‘yilishi, o‘simlik va hayvoniy resurslarni o‘sish va yashash muhitini
o‘z holida saqlanishni, muhofaza qilish lozim. Biologik resurslardan
insoniyat o‘ta oqilona, tejamli foydalanishi kerak. Ana shunda bu
boyliklarga zavol yetmaydi. Har bir tur o‘simlik, hayvon yoki parranda
turining sharoiti buzildimi u albatda halok bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |