2. Biologik resurslarning geografik joylanish xususiyatlari.
Biologik resurslarning geografik joylashishi geografik iqlimiy-
mintaqaviylik qonuniyatiga bo‘ysunadi. Shu bilan birga biologik
resurslarning joylashish xususiyatlari balandlik (tog‘lar) va rel’ef
tuzilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekiston hududidagi balandlik
mintaqalarining vujudga kelishi va uning sabablari, u bilan bog‘liq
qonuniyatlar O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi K.Z.
Zokirov tomonidan ishlab chiqildi. K.Z. Zokirov tavsiya etgan to‘rtta:
cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalarining har biri o‘ziga xos iqlim,
tuproq qoplami, o‘simlik va hayvoniy resurslarga ega.
Cho‘l mintaqasi okean sathidan 400-500 m balandlikgacha bo‘lgan
joylarni ichiga oladi va O‘zbekiston maydonining 70% ini ishg‘ol qiladi.
Cho‘ldagi o‘simliklar jazirama issiq va quruq iqlim sharoitiga
moslashgan. Ularning ildizlari juda uzun, barglari mayda yoki butunlay
bo‘lmaydi. Shuning uchun tanasidagi nam kam bo‘g‘lanadi. Ba’zi bir
o‘simliklar qisqa, sernam va salqin muddatda o‘z hayotni tugallashga
ulguradi. Cho‘llarimizda 498 tur o‘simlik o‘sadi, shundan 171 turi
endemik tur hisoblanadi. Bu mintaqada butalardan qora saksovul, oq
saksovul, cherkezlar, qandimlar, qizilcha, yulg‘un, yarim butalardan,
teresken quyrovoq, shuvoq, ko‘p yillik o‘tlardan iloq, qorabosh,
qo‘ng‘irbosh, isiriq, efemerlardan arpaxon, chetirlar, qizg‘aldoq,
yaltirbosh, kattabosh, no‘xatak qashqar beda, kabi ko‘plab o‘simliklar
o‘sadi.
Cho‘l mintaqasining hayvonlari xilma-xil bo‘lib, ular ham
cho‘lning jazirama issiq va qaqraton qishida yashashga moslashgan.
Cho‘lda sudralib yuruvchi kaltakesaklar agama, ilonbosh, gekkonlar va
echkiemarlar yashaydi. Shuningdek bu mintaqada ilonlarning turlari
ham juda ko‘p. Qo‘shoyoq yumoronqoziq, qumsichqon kabi
kemiruvchilar cho‘lda keng tarqalgan. Yirtqichlardan chiyabo‘ri, barlan
mushugi va to‘lkilar uchraydi. Cho‘lda qushlarning turi kamroq;
to‘rg‘ay, chumchuq, boyqush, kaklik, tuvaloq, cho‘l burguti, miqqiy,
qirg‘iy shular jo‘mlasidandir. Hayvonlardan asosan jayron va sayg‘oq
cho‘l iqlimiga moslashgan.
Respublikamizning Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Chirchiq,
Ohangaron kabi daryolari sohillarida to‘qaylar uchraydi. To‘qaylarda
66
o‘tlar, bo‘talar va daraxtlar o‘sadi. O‘t o‘simliklardan – qizilmiya,
qo‘g‘a, kendir, chirmoviqlar, butalardan-chakanda, yulg‘un, ching‘il,
daraxtlardan – tol, jiyda, sada, tuyumg‘illar uchraydi.
Hayvonlardan – chiyabo‘ri, bo‘ri, tulki, qoraquloq, to‘g‘ay
mushugi, to‘ng‘izlar, Xongul (buxora bug‘usi) yashaydi. To‘qaylarda
qushlar ko‘p: qirg‘ovullar, qarqara, birqozon, g‘oz, o‘rdak, hakka,
kaptarlar, chumchuq, miqqiy yashaydi. Shuningdek to‘qaylarda
hashoratlar ham ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |