81
chiqarishdan olinadi. Hisoblarga ko‘ra, yaroqsiz holga kelgan metal
bumlardan 20-25 % gacha metalni qayta tayyorlash mumkin. Masalan, 1
t chuyan yoki po‘lat lomini 3,5 mln. t. xom ashyoni (2,5 t temir
ma’danini, 1 t koksni, 0,5 t. ohaktosh) tejash imkoniyatini beradi
(Milonova,
Ryabchikov, 1986 y.). Shu sababdan metallomni
«antropogen konlar» deb ataladi.
Foydali qazilmalar konlardan to‘liq qazib olinmaydi. Masalan,
neftning 60-70% igacha yer bag‘irlarida qolib ketadi. Tabiiy gazni olish
koeffitsiyenti 80-85 % dan oshadi. Yer bag‘irlarida qora metal
ma’danlari zahiralarning 25 % i rangli metal ma’danlari zahiralariga ega
20 % i qolib ketadi.
Foydali qazilmalarning katta qismi minerallar va murakkab
kimyoviy
birikmalarning
majmuasidan
iborat.
Masalan,
temir
ma’danlari konlarida vanadiy, kobalt, miss, rux, oltingugurt, fosfor va
boshqa unsurlar ham mavjud. Rangli metallarning ma’danlarida esa 10-
12 ta asosiy metallar bilan birgalikda 60
dan ortiqroq qimmatbaho
unsurlar bo‘ladi (oltin, kumush, kobalt, renit, indiy va b.sh.).
Neft konlarida gaz, oltingugurt, yod, brom, vanadiy, titan, nikel va
b.sh.
«Hamroh» komponentlarni hosil qiladi. Tabiiy gazlar tarkibida esa
kondensot, geliy, oltingugurt, azot va boshqalar bo‘ladi. Qazilma
ko‘mirda oltingugurt, germaniy, glinozem, nodir metallar bo‘ladi.
Mineral
xom
ashyolardan
majmuali
foydalanishda
katta
imkoniyatlar mavjud. Majmuadan foydalanish ikki yo‘nalishda olib
borilmog‘i
lozim.
Birinchidan,
bevosita
ma’dandagi
foydali
komponentlardan va ikkinchidan, kondagi barcha tog‘ jinslaridan
majmuali foydalanmoq zarur.
Fan-texnika taraqqiyoti mineral xomashyolardan majmuali
foydalanish imkoniyatlarini vujudga keltirmoqda. Rangli metallurgiya
sanoati uchun II nomdagi metal asosan hisoblanadi.
Ammo hozirgi
paytda rangli metallaurgiya kombinatlarida rangli metallarning
ma’dandaridan 90 ga yaqin unsur olinmoqda. Kumush, vismut, platina,
oltin, qo‘rg‘oshin, rux, qalay, simob, qadimiy, germaniy, talliy va
boshqa ko‘plab foydali va qimmatbaho mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
Zamonaviy kimyoviy texnologiya yer po‘stida miqdori 1 % ning
mingdan million ulushini tashkil etadigan nodir va tarqoq unsurlarini
(letiy, berilmiy, kobalt va b.sh.) olish imkoniyatlarini yaratmoqda.
Issiqlik energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish katta
miqyoslarga ega bo‘lgan ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanishni
82
taqazo etadi. Masalan, sement korxonalarida yonilg‘i yoqilishida hosil
bo‘ladigan issiqlik chiqariladigan bug‘ bilan yo‘qotiladi,
vaholanki bu
issiqlik energiyasidan foydalanish imkoniyatlari kam emas. Ko‘mir, gaz
va neft zahiralaridan tejamkorlik bilan foydalanish energiyaning boshqa
noa’nanaviy manbalaridan foydalanishni taqazo etadi (shamol, quyosh,
issiq bo‘loqlar va boshqa energiya manbalari).
Nef qazib olishda neft gazidan ham yetarlicha foydalanilmaydi.
Holbuki qazib olinadigan 1 t neftga 150-200 m
3
neft gazi to‘g‘ri keladi.
Neft gazida esa benzen bilan bir qatorda neftni qayta ishlashda esa
qo‘shimcha mahsulot sifatida oltingugurt olinadi. Yaponiyada 70-
yillardayoq
import
qilinadigan
neftni
oltingugursizlantirish
qo‘rilmalarida 90 ming t ga yaqin oltingugurt olingan. Shunisi
harakterligi, Yaponiyaning neftni dollarni tashkil etgan holda
mamlakatda qazib olinadigan oltingugurtning qiymati 56 dollardan
ortiqroq bo‘lgan.
Jahonda neft gazining milliardlab kubometri behudaga isrof
qilinmoqda. Xuddi shunday holatni ko‘mir konlarida leton gazining
isrofgarchiligida ham kurish mumkin.
Mineral resurslaridan majmuali foydalanish
hamda atrof-muhit
tozaligini saqlash uchun sanoat korxonalarida va issiqlik elektr
stansiyalari atmosferaga chiqaradigan gazlar va changlardan ham
maqsadli foydlanishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini beradigan
texnologik jarayonlarni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Metallurgiya, sement neftni qayta ishlovchi kimyo sanoatlari hamda
issiqlik energetika korxonalari juda katta miqdorda gaz chang
ko‘rinishidagi ikkilamchi xom ashyo bo‘lishi mumkin bo‘lgan foydali
unsurlarni atmosferaga chiqaradi.. Masalan,
metallurgiya zavodlarida
1000 t po‘lat eritish bilan atmosferaga tashlanadigan 40 t chang, 30 t
oltingugurt gazi, 50 t uglerod oksidi bog‘liq. Quvvati 1 mln. kvt. bo‘lgan
issiqlik elektr stansiyasi (ko‘mirda ishlaydigan) har soatda atmosferaga
15 t gacha oltingugurt gazini va 6 t gacha oltingugurt kulini chiqaradi
(Sudo, 1987 yil). Rangli metallurgiyaning ayrim zavodlari esa mayda
chang zarrachalari ko‘rinishdagi rux, qo‘rg‘oshin va ancha katta
miqdorda nodir metallardan atmosferaga chiqarib yuboradi. Fosfor
zavodlarida 1000 t azot kislotasini ishlab chiqarishda havoga 20 t azot
oksidi va oltingugurt gazi chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: