2-namuna.
Matnni o`qing, undan –(
i
)
b
, -(
a
)
y
qo`shimchali fe‟l shakllari
qo`llangan gaplarni ko`chirib yozing va ona tilingizga tarjima qiling.
Dunyoning boyligi
(hikoyat)
Eshik taqilladiu. Keksayib qolgan hakim inqillab eshikni ochdi. Bir yosh
shogirdi kitob so`rab kelibdi.
-Uyda bo`lganim uchun eshikni qulflab qo`ygandim, bo`tam, kelishingni bilsam
seni kuttirmay, eshikni ochib qo‟yardim.
Shogirdi ustozining bu gapiga hayron bo`lib so`radi:
-Ey, ustod, uyda bo`lmagan chog`ingiz eshikni qulflamay qoldirasizmi?
Hakim kulib javob qildi:
-Ha, qulflamay qoldiraman, o`zim bo`lmagandan keyin bu uyda mendan
boshqa qimmatli qanaqa boylik bor? Bilib qo`y, bo`tam, dunyoda odamdan aziz
boylik yo`q.
( T. Rasulov)
3-namuna.
Matnni o`qing, uning mazmunini ochuvchi savollar tuzing va ular
asosida o`z so`zlaringiz bilan qayta hikoyalang.
Do'stlaringiz bilan baham: |