3-namuna.
Berilgan she‟riy parchani o`qing. Ajratilgan so`zlarning tarkibini
aniqlang. She‟rdan olgan taassurotingizni erkin bayon qilib yozing.
O`zbekiston
Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi menda.
Chappar urib gullagan bog`in,
O
`
par
edim
Vatan tuprog`in.
Odamlardan
tinglab
hikoya
,
O`sar edi
shoirda g`oya.
Daryolardan
kuylab o`tardim,
Ertaklarga
quloq
tutardim
.
Hammasini tinglardim, ammo,
O`xshashini topmasdim aslo.
(H.Olimjon)
4-namuna.
Matnni o`qing. Uyushiq bo`laklarni aniqlang. Uyushiq bo`laklarni
qatnashtirib o`zingiz ham matnni davom ettiring.
52
O`tmishda yosh avlodning jismoniy baquvvat, epchil, chaqqon, jasur,
qo`rqmas, dovyurak va matonatli bo`lishi yo`lida qiziqarli o`yinlar kashf etilgan.
Xususan, sayil tomoshalarda qoyaga arqon tashlab chiqish va tushish, xodaga
chiqib, tuhfani olish, otda va piyoda uloq, yer olish, dehqon-dehqon, tovontepar,
kurash, arqon tortish, qo`lda kuch sinash, to`nka yurish, tosh ko`tarish, chillak
o`ynash, zuv-zuv, ovush-ovush, (xokkeyning bir turi) chavgon, eshakmindi,
eshakquloq, eshakchopdi va hokazolar.
Shuningdek, milliy raqslar: yigitlar o`yini, beshqarsak, cho`pon o`yini, yelka
urishtirish, nog`ora o`yini, lagan o`yini … Bunday o`yin-raqslar yoshlar tarbiyasida
muhim hisoblangan. Bundan tashqari, adabiyot, san`at, musiqa va kuy bilan bog`liq
«Qissaxonlik», «Qiroatxonlik», «Bahru bayt», «Navoiyxonlik», «Yassaviyxonlik»,
«Maddohlik» kabi an`analar ham rasm bo`lgan.
(«O`zbekiston ovozi»)
5-namuna.
Matnni qunt bilan o`qing. Uyushiq bo`laklarini aniqlab, ularning
sanash ohanggi bilan o`qilishiga rioya qiling. O`zingiz ham Navro`z haqida erkin
bayon yozing.
Navro`z ayyomiga atab bobo dehqonlar yerlarni maromiga keltirish, ariq-
zovurlarni tozalash, qo`sh-anjomlarni tartibga solish, urug`larni saralash,
ko`zlangan joylarni urug` qadashga moslash kabi taraddudlarni ko`rsalar,
bog`bonlar toklarni ochish, anjir, anor va boshqa mevalarning ko`chatlarni tartibga
keltirish, yangi nihollarni ekishga tayyorlash, dov-daraxtlarni butash, payvandlash
kabi yumushlarni rejalashtirganlar.
Qisqasi, turli kasb-hunar kishilari, chunonchi, pazandalar bahor elchilari –
anvoyi ko`katlardan taomlar, qandolatchilar pechakqand, holva, pashtak, novvot,
xo`rozqand, burama qand, kashtachi-yu chevarlar bahor kashtalari, palak-
choyshablari, navro`z do`ppilari, ko`ylak liboslari, to`nlari, kamzullari, shuningdek
boshqa kasb-hunar kishilari ham navro`zga tayyorgarlik ko`rganlar.
(«O`zbekiston ovozi»)
Do'stlaringiz bilan baham: |