IJODIY DIKTANT
1-namuna.
Matnni qunt bilan o`qing. Undagi ravishdosh va sifatdoshlarni
aniqlang. Mazmunini ijodiy bayon qilib yozishga harakat qiling.
Mehnat, halollik haqida ibratli rivoyat bor:
Bir bola ulg`aygach, otasi unga ishlab pul topib keltirishni buyuradi. Lekin,
ko`ngilchan ona: “O`g`lim qo`lini qavartirib qiynalib yurmasin,”-deya, eridan
o`g`rincha unga pul beradi. Sezgir ota o`g`li keltirgan pulni o`tga tashlabdi.Bola
beparvo, loqayd turaveradi. Bu hol yana takrorlanadi. O`g`lining uchinchi marta
53
olib kelgan pulini otmoqchi bo`lganida, bola uning qo`liga yopishib, yondirmasligini
so`raydi. Ota shundagina bu safar o`g`lining haqiqiy peshona teri bilan pul
topganiga ishonadi.
Mehnat bilan topilgan pul qadri mashaqqat bilan qo`lga kiritilgan barcha
narsalar singari azizdir.
(“Saodat”)
Do'stlaringiz bilan baham: |