almashinuvining va o’sishning tezlashishi, shira ajralishi,
harakatga kelish,
elektr impuls ishlab chiqarish va hokazo).
Tirik mavjudot faolligini o’zgartiruvchi omillar ta’sirlovchilar deyiladi.
Tashqi yoki ichki muhitning o’zgarishlari yetarli kuchga ega bo’lsa,
yeterlichatez ro’y bersa va yetarlicha uzoq davom etsa, tirik hujayraning yoki
organizmning ta’sirlovchisi bo’la oladi.
Ta’sirlovchilar yuzaga chiqara oladigan javob reaksiyalari ichida
qo’zg’aluvchanlik ajralib tyradi. Hujayra qo’zg’alishi deganda, aksari uning
ta’sirottga tez va ixtisoslashgan ravishda javob berishi tushuniladi. Qo’zg’alish
hujayraning harakatga kelishi yoki elektr impuls ishlab chiqarishi yoki shira
ajratishidan iborat bo’lishi mumkin. Bu ixtisoslashgan javob reaksiyalarni
muskul, nerv va bez to’qimalri hosil qila oladi. Shuning uchun ularni
qo’zg’aluvchan to’qimalar deb atashgan. Qo’zg’luvchanlik sezuvchi nerv
tolalari oxirlariga va ixtisoslashgan retseptor (sezuvchi) hujayralarga ham xos.
Qo’zg’alishni paydo qiladigan mexanik, kimyoviy, tovush, yorug’lik va
boshqa omillar ta’sirlovchilar bo’lishi mumkin.
Muayyan qo’zg’aluvchan hujayraga nisbatan adekvat va noadekvat
ta’sirlovchilar tafovut qilinadi.
Qo’zg’aluvchan hujayra faqat adekvat ta’sirlovchini qabul qilishga
moslashgan bo’lob, uning juda os miqdoriga ham qo’zg’alish bilan javob
beradi. Yorug’lik nuri – fotoretsrptorlar uchun, tovush – eshituv retseptorlari
ucnhun, hidli moddalar – hid bilish retseptorlari uchun adekvat
ta’sirlovchilardir. Boshqa ta’sirlovchilar aytib o’tilgan hujayralar uchun
noadekvat (yot) hisoblanadi. Noadekvat ta’sirotlar ham ixtisoslashgan
hujayralarni qo’zg’atishi mumkin. Ammo uning kuchi adekvat
ta’sirlovchinikiga nisbatan bir necha ming ( ba’zida million) barobar ko’p
(kuchli) bo’lishi kerak. Qo’zg’alishni paydo qilish uchun zarur bo’lgan
ta’sirotning eng kam kuchi bo’sag’a kuchi deyiladi. Bo’sag’adan kam kuchga
ega bo’lgan ta’sirotlar qo’zg’alishni paydo qila olmaydi. Qo’zg’aluvchan
hujayralarning ta’sirotlar bo’lmagandagi osoyishta holatini mutloq faolsizlik,
deb bo’lmaydi, chunki ularda modda almashinuvi va boshqa jarayonlar davom
etadi.
Ba’zi bir ta’sirotlar hujayralarda manfiy reaksiyalarni, masalan, moddalar
almashinuvi vao’sishning sustlashishini, qo’zg’aluvchanlikning kamayishini
sodir qilishi mumkin. Bular tormozlanish reaksiyalaridir. Tormozlanish jarayoni
organizm faoliyatida muhim rol o’ynaydi.
Qo’zg’alish vaqtida hujayralarda bir qator fizikaviy-kimyoviy jarayonlar
sodir bo’ladi, ularning tuzilmalarida ma’lum o’zgarishlar ro’y beradi. Bulardan
elektr hodisalar ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
“Hayvon elektri” haqidagi ta’limotning shakllanishi L.Galvani, K.Matteuchi,
E.Dyubua Reymon va boshqa bir qator olimlar nomi bilan bog’liq. Umuman
XVIII asrning ikkinchi yarmida elektr hodisalarni o’rganish boshlandi. Shu
davrda elektr tokini hosil qilish yo’llari topildi. Elektrniing tirik to’qomalarga
ta’sirini o’rganishda baqaning orqa oyog’idan tayyorlangan preparat qulay
bo’ldi. Elektr manbaniing bu preparatga ta’sir qilishi muskulni qisqartiradi.
Italiyalik olim L.Galvani atmosfera elektrining ta’sirini o’rganishga kirishganida
shu preperatdan foydalangan. U baqaning umurtqa pog’onasiga birlashgan oyoq
preperatni tayyorlab, umurtqalar orasidan mis ilmoq o’tkazib, ayvonning temir
panjarasiga osib qo’ygan. Havo ochiq bo’lganda
ham atmosfera elektri bor
bo’lsa, u muskulga ta’sir qilib, qisqartiradi, deb o’ylagan. Ammo hech qanaqa
qisqarish kuzatilmagan.
Shamol turib, preperatni tebratgach, baqa oyog’ining
uchi vaqti-vaqti bilan temir panjaraga tega boshlagan. Har gal oyoq uchi temir
panjaraga
tekkanda, muskul qisqargan. Galvani bu hodisani quyidagicha
tushuntirgan. Baqaning orqa miyasida hosil bo’lgan “hayvon elektri” o’tkazgich
mis ilmoq va temir panjara orqali oyoq muskullariga yetib kelgan va ularning
qisqarishiga sabab bo’lgan. Demak, tirik organizmda ham elektr hosil bo’ladi,
degan hulosaga kelgan. Galvanining tajribasi olimlarda katta qiziqish uyg’otdi.
Uni ko’p olimlar takrorlab, baqaning orqa miyasini jyoqning muskullariga ikki
xil metall (masalan, mis va temir)
yordamida ulansa, muskullar qisqarishini
ta’kidlashdi. Bular ichida Volta ham bor edi. U Galvani olgan natijani
takrorlagan bo’lsada,”hayvon elektri” bor degan gapga qo’shilmadi. Volta
muskullarni qisqartirgan tok manbai
baqaning orqa miyasida emas, balki turli
metallardan iborat bo’lgan zanjir ekanliginni birmuncha tajribalar o’tkazib
isbotladi. Bunga javoban Galvani metallardan foydalanmay,
yangi tajribalar
o’tkazdi. “Hayvon elektri” borligini isbotlagan bo’lsa ham, olimlar ko’proq
Voltaga ishondilar. Galvanini siyosiy sabablar bilan ishdan haydashdi, tajribalar
o’tkazishdan mahrum bo’lgan Galvani ko’p o’tmay vafot etdi.
XIX asrning boshlarida boshqa bir italiyalik olim K.Matteuchi shu davrda
kashf etilgan sezgir galvanometr yordamida hayvon elektrinin bevosita o’lchab,
uning mavjudligini uzil-kesil isbotladi.
Do'stlaringiz bilan baham: