Mavzu: EYUKi ni aniqlash usullari. Reja : 3. EYUK da Yakobi Dalenini elementini konsentrlash va uning EYUK i aniqlash Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi. bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganadigan bo‘limi elektrokimyo deb ataladi. Elektrokimyo katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, elektroliz, elektr o‘tkazuvchanlik va elektr yurituvchi kuchlar haqidagi ta’limotlarni o‘rganadi. Barcha moddalar elektr o‘tkazuvchanligi jixatidan o‘tkazgich, yarim o‘tkazgich va izolyatorlarga bo‘linadi. O‘tkazgichlarning o‘zi 1 tur va 2 tur o‘tkazgichlarga bo‘linadi. 1 tur o‘tkazgichlarga barcha metallar va ularning qotishmalari kiradi. 2 tur o‘tkazgichlarga elektrolitlarning –( tuzlar, kislotalar va asoslarning) eritmalari kiradi. Bularda elektr toki elektrolit ionlari orqali uzatiladi, natijada modda kimyoviy jixatdan o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |