bo’lishini ta’minlab turadigan boshqa mexanizm ham bor. Bu membrananing
natriy-kaliy nasosidir. Membranadagi Na,K- ATF-aza fermenti bu nasosning
asosiy qismi. Nasos faoliyati uchun zarur bo’lgan energiya ATF parchalanganda
ajraladi. Nasos kaliyni to’qima suyuqligidan protoplazmaga, natriyni esa
ichkaridan tashqariga chiqarib turadi. Ikkala ionning harakati ular kam bo’lgan
suyuqlikdan ko’p bo’lgan suyuqlikka qaratilgan yoki bu harakat konsetratsion
gradiyentga qarshi. Shuning uchun jarayon energiya sarfiga muhtoj. Nasos
faoliyati uchun energiyadan tashqari kaliy va natriy kerak. Uning tarkibidagi
makromolekulalarga (tashuvchilarga) tashqaridan kaliy, ichkaridan natriy
birikmasa, nasos ishlamaydi. Ionlarning konsetratsion gradiyentga qarshi
ko’chirilishi faol o’tkazish deyiladi.
Sxemadan ko’rinishicha (2-rasm), natriyni hujayradan chiqarilishi kaliy
ionlarining hujayra ichiga o’tkazish bilan bog’langan. Membranada joylashgan
Y tashuvchi makromolekulasi hujayra ichidagi suyuqlikdagi Na
+
ni o’ziga
biriktirib, Na
+
Y tashuvchi kompleksni hosil qiladi. Bu kompleks membrananing
tashqi yuzasiga yaqinlashganida, undan Na
+
ajralib, to’qima suyuqligiga
chiqadi. Na
+
Y tashuvchi kompleks hosil bo’lishi natriy ionlarining konsetratsion
gradiyentga qarshi diffuziyalanishiga imkoniyat tug’diradi. Membrananing
tashqi tarafida Y tashuvchi maxsus ferment ta’sirida X tashuvchiga aylanadi.
Enda X tashuvchinin molekulasi tashqi suyuqlikdan kaliyni biriktirib, K
+
X
kompleksini hosil qiladi. U o’z navbatida, membranada diffuziyalanib,
protoplazma tarafiga o’tadi. Kaliyni ajratib, hujayra ichiga o’tkazadi. Bu
jarayonda sarflanadigan energiya manbai ATF dir. ATF parchalanganda
ajraladigan energiya X tashuvchini Y tashuvchiga aylantirishda ishlatiladi. Kaliy
va natriy ionlarining bog’langan holda tashilishi energiya sarfini kamaytiradi.
Tinch holatda muskul hujayralari sarflaydigan energiyaning 10-20% kaliy-natriy
nasosi faoliyatiga ketadi.
Faol tashishning energiyaga muhtoj fermentativ jarayon ekanligi hujayralarni
sovutish yoki ularga modda almashinuvini to’xtatuvchi zaharlar bilan ta’sir
qilish orqali isbot qilingan. Ikkala sharoitda ham hujayra ichiga kiritilgan
radioaktiv natriyning (24 Na
+
) tashqariga tashilishi to’xtab qolgan.
Kaliy-natriy nasosining membrana potensiali shakllannishidagi ishtiroki,
birinchidan,membrananing ikki yuzasi o’rtasida K
+
va Na
+
miqdoridagi farqni
saqlab turishdan iborat bo’lsa, ikkinchidan, uning o’zi ham potensial hosil
qiladi. Gap shundaki, nasos yordamida hujayradan tashqariga chiqarilgan har
uchta natriy ioniga hujayraga kiritilgan ikkita kaliy ioni to’g’ri keladi. Bu hol
tashqarida musbat zaryadlar ko’payishiga, membrana potensiali oshishiga olib
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: