Ishlab chiqarish — ehtiyojlarni qondirish uchun zarur mahsulotlarni ishlab
chiqarish.
Ishlab chiqarish vositalari bozori — korxona va firmalar ehtiyojlari uchun
zarur tovar va xizmatlar sotiladigan bozor.
Ishlab chiqaruvchilar — tovar va xizmatlarni yaratadigan korxonalar yoki
shaxslar.
Iste’mol krediti — biror qimmatbaho tovarni sotib olish uchun bankdan
olingan qarz.
Iste’mol tovarlari bozori — aholi, uy xojaliklarining ehtiyojlari uchun zarur
tovar va xizmatlar sotiladigan bozor.
Iste’molchilar — yaratilgan tovar va xizmatlarni bevosita iste’mol qiluvchi
yoki ulardan foydalanuvchilar.
Ixtisoslashuv — biror mahsulot turini ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalar
o‘rtasidagi mehnat taqsimoti.
Jamg‘arma — kelajakdagi ehtiyojlarni qondirish uchun jamg‘ariladigan
pul.
Jismoniy shaxs — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari
hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.