Tovarning bozor (muvozanat) narxi — bozorda tovarga bo‘lgan talab
miqdorining taklif miqdoriga teng bo‘lgandagi narx.
Tovarning shtrix kodi — tovar haqidagi ma’lumotlarni tovar yorlig‘ida
ifodalovchi chiziqchalar dastasi va raqamlar ketma-ketligidan iborat
maxsus belgi.
Vakolatli organlar — Davlat tomonidan qonun asosida soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarni undirish vazifasi qo‘yilgan va vakolati berilgan
davlat organlari va tashkilotlari.
Vaqtbay ish haqi — ishchiga ishlagan vaqti miqdoriga qarab to‘lanadigan
pul miqdori.
Xaridor — bozorda pulini tovarga almashadigan, ya’ni tovarni sotib oladigan
tomon.
Xizmatlar — moddiy narsa yaratmaydigan, natijasi ehtiyojlarni qondiradigan
iqtisodiy faoliyat.