T
V
X
Tanlovning muqobil qiymati
— tanlov natijasida voz kechilgan, eng katta
nafga ega bo‘lgan imkoniyat.
Taqchil bozor
— tovarning bozor taklif miqdorining unga bo‘lgan talab
miqdoridan past bo‘lgan bozor.
Texnologiya
— mahsulot ishlab chiqarishda qaysi resurslardan qanday
foydalanish, qanday usul va ketma-ketlikda ishlov berish yo‘l-yo‘rig‘i.
To‘yingan bozor
— tovarning bozor taklifi miqdorining unga bo‘lgan talab
miqdoridan yuqori bo‘lgan bozor.
Bevosita soliq
— fuqaro va korxonalardan bevosita davlat xazinasiga
undiriladigan soliq.
Tovar
— ayirboshlash maqsadida ishlab chiqarilgan mahsulot.
Tovar birjasi
— tovarlarni katta-katta hajmda, ulgurji sotib olish va sotishni
uyushtiradigan vositachi tashkilot.
Do'stlaringiz bilan baham: |