Mehnat resurslari
— mehnat qilishga layoqatli kishilar, ularning bilimi, ish
tajribasi va mehnat mahorati.
Mehnat taqsimoti
— mahsulot ishlab chiqarish jarayonining ishchilar
o‘rtasida ishni taqsimlash asosida tashkil qilinishi.
Mehnat unumdorligi
— resurs birligidan foydalanib, ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdori.
Moddiy kapital
— jamg‘arilgan daromadning moddiy mulkka aylangan
qismi va pul mablag‘lari.
Moliya bozori
— pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi jarayonlari amalga
oshiriladigan bozor.
Monopoliya
— muayyan tovar turi yakka ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi
tomonidan sotiladigan, boshqa sotuvchilarning kirishi o‘ta qiyin bo‘lgan
bozor holati.
Mulk
— odamlar tomonidan o‘zlashtirilgan va egalik qilish mumkin bo‘lgan
barcha narsalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |