M
J
K
Kapital resurslar
— inson tomonidan yaratilgan va boshqa mahsulot turlarini
yaratishda ishtirok etadigan resurslar.
Mahsulot
— inson mehnatining, iqtisodiy faoliyatining mahsuli.
Majburiy xarajatlar
— kundalik turmushda ularsiz yashab bo‘lmaydigan
xarajatlar.
Markazlashgan rejali iqtisodiyot
— deyarli barcha ishlab chiqarish vositalari
davlat tasarrufida bo‘lib, iqtisodiy yechimlar markazlashgan holda
davlat tomonidan qabul qilinadigan va rejaga ko‘ra amalga oshiriladigan
iqtisodiy tizim.
Mehnat birjasi
— korxonalar va ish qidirib yurgan kishilar o‘rtasida
vositachilik faoliyatini olib boruvchi tashkilot.
Mehnat bozori
— ishchi kuchi oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriladigan
bozor.
Do'stlaringiz bilan baham: |