Hududiy ixtisoslashuv
— sharoit, an’analar, mahalliy imkoniyatlar tufayli
butun bir hudud mahsulotning biror turini ishlab chiqarishga mosla-
shuvi.
Ijara (lizing) to‘lovi
– ijarachi (lizing oluvchi) tuzilgan ijara (lizing)
shartnomasi asosida ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) to‘laydigan
summa.
Ijara haqi (renta)
— birovning mulkidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan
haq.
Ijtimoiy ehtiyojlar
— kishilarning yonma-yon, hamjihatlikda hayot kechirishi
bilan bog‘liq, birgalashib qondiradigan umumiy ehtiyojlari.
Inflatsiya
— mamlakatdagi o‘rtacha narx-navoning muttasil oshib borishi.
Inson kapitali
— kishining aql-idroki, bilimi, zakovati, kuch-quvvati, ish tajribasi,
malakasi, kasbiy mahorati, salohiyati, sog‘lig‘i va ma’naviy dunyosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |