Landshaftshunoslik asoslari


 O‘ZBEKISTON HUDUDI UChUN MA’QUL BO‘LGAN TASNIF



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

8.3. O‘ZBEKISTON HUDUDI UChUN MA’QUL BO‘LGAN TASNIF 
SXEMALARI. GEOGRAFIK ZONALLIK. 
Landshaftlar tasnifining keyingi birligi kichik tur bo‗lib, zonachalarga xos 
belgilarga asoslanib aniqlanadi. Masalan Turkiston tekisliklaridagi cho‗l 
landshaftlari ikkita turga. yani shimoliy cho‗l landshaftlari va janubiy cho‗l 
landshaftlariga bo‗linib ketadi. 
Landshaft turlari yoki kichik turlari o‗z navbatida landshaft toifalariga 
bo‗linadi. Qaysi landshaft qaysi toifaga mos eganligini aniqlashda ayrim 
landshaftshunoslar (N.A.Gvozdetskiy, V.A.Nikolaev) geomorfologik belgilar-ga 
asoslaniishsa, ayrimlari (Yurenkov, 1982) esa ma‘lum landshaft turlari ichidagi 
provintsial xususiyatlarga ko‗proq e‘tibor berishadi. Gemorfologik omil asos qilib 
olingan sharoitda esa e‘tiborni ko‗proq relefning genetik turlarini o‗rganishga 
qaratish kerak bo‗ladi. 
Landshaft toifalari ichida kichik toifa birligini ajratishga to‗g‗ri kelib qolgan 
hollarda asosiy belgi sifatida landshaft tashkil qiluvchi jinslarning litologik 
tuzilishi olinadi. 
Eng kichik tasnif birligi landshaft xillaridir. Bu birlik genezisi va ichki 


85 
tuzilishi bir xil bo‗lgan individual landshaftlarning majmuasini aks ettiruvchi 
birlikdir. Landshaft xillarining bir-biridan farqlantiruvchi asosiy belgisi 
landshaftdagi xukmron urochishelarning o‗xshashligidir. A. G. Isachenko (1961) 
ham landshaft xillarini aniqlashda landshaftlarning mor-fologik tuzilishi eng asosiy 
belgi ekanligini e‘tirof etadi. 
Bitta xilga mansub bo‗lgan landshaftlarning albatta, aynan va har tomonlama 
bir-biriga o‗xshash deb bo‗lmaydi. Ko‗pincha bir xilga mansub landshaftlarda 
xukmron urochishelar umumiyligi bo‗lgan taqdirda ham xukmron bo‗lmagan 
urochishelar va fatsiyalar tarkibi yoki egallagan maydoni jihatidan turlicha bo‗lishi 
mumkin. Ana shunday hollarda landshaft xillari ichida yana bir tasnif birligi 
landshaftlarning kichik xili yoki morfologik ko‗rinishini ajratishga to‗g‗ri keladi. 
Amudaryo va Sirdaryo oralig‗ida joylashgan yerlar tabiiy sharoiti jihatidan 
o‗ziga xosdir. Bu yerlarda biz qumliklarning hozirgi va kadimgi allyuvial, allyuvial 
- delta tekisliklarni, Sharqiy Orol bo‗yidagi hozirgi dengiz ostidan chiqqan 
tekisliklarni, Markaziy Kizilqum past tog‗lari va ularga tutashib ketgan prolyuvial 
tekisliklarni uchratamiz. Ularning har biri o‗ziga xos tabiatga ega bo‗lib, kelib 
chiqishi, yoshi turlichadir va turli ekzogen jarayonlar hamda ular bilan bog‗liq 
bo‗lgan turli relef bilan ta‘riflanadi. Bu o‗z navbatida bu yerlarda turli 
landshaftlarning shakllanishiga olib kelgan. 
Bu hudud tabiatiga xos bo‗lgan eng dastlabki narsa hududning shimoldan 
janubga qancha masofaga chuzilganligi va tabiiy sharoitining kengliklar bo‗ylab 
zonalar hosil qilishidir. Bu yerda ikki iqlim zonasini, ya‘ni mo‗‗tadil va subtropik 
zonalarni ajratish mumkin. Ular orasidagi chegara janubi-g‗arbda shimoli-sharqqa 
tomon taxminan, Janadaryo quruq o‗zani yo‗nalishida o‗tib, ikkita landshaft 
qismini ajratib olishni taqoza etadi. Chegaradan shimoldan qurg‗ochil hududlar - 
subtropik landshaftlar qismi joylashgandir. Ikkala landshaftlar qismidagi asosiy 
iqlimiy farqlar L.N.Babushkin (1964) tomonidan yetarli darajada izoxlab berilgan. 
Bundagi eng asosiy farqlar atmosfera tsirkulyatsiyasida, yog‗in-sochinning fasllar 
bo‗ylab turlicha nisbatda tushishida va termik resurslarning turlicha 
taqsimlanishidir. 


86 
Janubdagi landshaftlar qismi ikkita landshaft sinfiga, ya‘ni tekislik va tog‗ 
landshaftlari sinfiga bo‗linadi. Maydon jihatidan tekislik land-shaftlari hukmrondir. 
Tog‗ landshaftlari esa kenglik zonasi ichida orol tariqasida uchraydi. 
Tekislik landshaftlari o‗z navbatida akkumulyativ tekislik landshaftlari, 
denudatsion baland tekislik landshaftlari kabi kichik sinflarga bo‗linadi. 
Keyingi tasnif birligi - landshaft guruhi bo‗lib, landshaftlarning namlanish 
xususiyatiga qarab, yer osti suvlarining harakatchanligiga, harakat-chan kimyoviy 
unsurlarniig chiqib ketishi yoki to‗yinishi ustunligiga qarab avtomorf landshaftlar, 
yarimgidromorf landshaftlar guruhlari ajratilgan. Landshaftlarning bunday 
xususiyatlarini aniqlab olish qurg‗oqchil hudud-larda landshaftlar rivojlanishining 
umumiy yo‗nalishlarini bo‗lib olish uchun juda muhimdir. Landshaftning avtomorf 
yoki gidromorf bo‗lishi uning ma‘lum vaqt| davomidagi holatini aks ettiradi va 
landshaft taraqqiyotini bashorat qilishda ahamiyatlidir. 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish