Landshaftshunoslik asoslari


 GEOKIMYOVIY LANDShAFT. ELEMENTAR LANDShAFTLARNING



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

7.2 GEOKIMYOVIY LANDShAFT. ELEMENTAR LANDShAFTLARNING 
VERTIKAL GEOKIMYOVIY PROFILI. 
Fotosintez natijasida tirik moddani hosil bo‗lishi shart sharoitlarini o‗rganish 
landshaftlar geokimyosining asosiy vazifalaridan yana biridir. Tirik modda 
massaning landshaft qobig‗ida taqsimlanishi ham o‗ziga xosdir. Masalan 


76 
quriqlikdagi tabiiy biomassa 2,5* 1022 tonna quruq moddadan iborat bo‗lib, dunyo 
okeanidagi organizmlar massasidan 200 marotaba ortiqdir. Quruqlikdagi tirik 
moddaning shaklanishida ham ko‗proq o‗simlik massasi asosiy o‗rinni egalaydi. 
Chunki hayvonot massasi uning bor yo‗g‗i 1 foizga yaqinini tashkil qiladi holos. 
Tirik modda planetaning suv va havo qobig‗ining tashkil qiluvchi unsurlar: 
kislorod, uglerod va vodoroddan tarkib topgan. Bu unsurlar tirik moddaning 98,5 
foizning tashkil etadi. Tirik modda tarkibidagi kislorod (70foiz) hayvondagidan 
ko‗proqdir. 
O‗simliklar atrof muhitdan karbonad angidrid, gaz va suv olib fotosintez 
natijasida ichki energiyaga ega bo‗lgan organik moddani hosil qiladi. 
V.V.Dobrovolskiy (1984) hisobiga qaraganda, sayyoramizdagi tirik modda 
massasi 6,25*1012 tonnaga teng bo‗lib, uning 40 foizi mutloq quruq moddaga 
to‗g‗ri keladi. Organik modda esa o‗z navbatida parchalanib kimyoviy unsurlar 
birikmalariga aylanadi va natijada o‗zidan energiya chiqaradi. 
Mineral birikmalarning yashil o‗simliklar orqali energiyasi boy bo‗lgan 
murakkab moddaga aylanishi bir tomondan uning parchalanib yana mineral bi-
rikmalarga aylanishi, ikkinchi tomondan bir-biriga qarama-qarshi jarayonlar bo‗lib, 
kimyoviy unsurlarning biologik aylanishini tashkil qiladi. 
Kimyoviy unsurlarning biologik aylanishi ham suvning aylanishi kabi 
miqyosi jihatidan katta (dunyo miqyosida) va kichik.Masalan, tuproq qatlami-ning 
o‗zida biror landshaft fatsiya va hokazolar doirasida bo‗ladi. Har bir kichik 
aylanishlar dunyo miqyosidagi aylanishning alohida shaxobchalari bo‗lib, ular 
orasida o‗zaro ta‘sir bo‗lib turadi. Bu ta‘sir o‗z navbatida dunyo miqyosi-dagi 
aylanishga madad berib, uni rivojlantirib turadi. Shuning uchun kimyo-viy 
unsurlarning aylanishi butun va yaxlit jarayon desa bo‗ladi 
Tabiatdagi turli aylanishlar sababli tirik modda doimo o‗zini o‗zi yangilab 
turish xususiyatiga ega bo‗ladi. O‗z hayot yulini tugallagan organizmlar o‗rnini 
yangi avlod vakillari egallab beradi. Bu jarayon tabiatan davriy taso-difga egadir. 
Ammo kimyoviy moddalarning ayrim qismlari qiyin eriydigan birikmalar sifatida 
aylanishdan ma‘lum muddatga tushib qolishi mumkin. Ayrim qismlari esa oqar 


77 
suvlar tarkibida yoki havo orqali landshaft chega-rasidan chiqib ketib, keyinchalik 
shu landshaftdagi biogeokimyoviy tsiklda ishtirok etmasligi mumkin. Shuning 
uchun landshaftlardagi kimyoviy unsur-larning migratsiyasi ma‘lum yo‗nalishda 
ro‗y beradi va natijada Landshaftlarning kimyoviy tarkibiga ta‘sir etadi, kimyoviy 
xususiyatlarini o‗zgarib turushiga, ya‘ni bir holatdan ikkinchi bir holatga o‗tib 
turishiga sabab bo‗ladi deb aytish mumkin. Biologik amlashishlar materiya 
rivojlanishining, shu bi-lan birga landshaftlardagi modda va energiya 
almashinishining bir shaklidir. 
Albatta, biologik aylanish va kimyoviy unsurlarni migratsiyasi turli tabiat 
zonalarida turlicha kechadi. Masalan namtropik o‗lkalar landshaftlar-da, bu 
jarayon ancha jadal ro‗y beradi. U yerlarda har yili juda katta miqdorda biomassa 
hosil bo‗ladi va mo‗‗tadil iqlim zonalaridagidan 4-5 marotaba ko‗p bo‗ladi. Dasht 
zonasida yog‗in sochin nisbatan kam bo‗lganligi uchun kimyoviy moddalarni 
migratsiyasi ancha sust boradi. Dasht zonasida o‗rmon zonasidagiga nisbatan 9-10 
marta kam biomassa to‗planadi. Cho‗l zonasida esa bundan ham kam biomassa 
hosil bo‗ladi. 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish