PEDAGOGIKA 2017, 4-son 99 pedagogik adabiyotlarda, kо‘pgina pedagog olimlarning ilmiy ishlarida
“kompetentlik” degan tushuncha keyingi paytlarda keng qо‘llanilmoqda.
“Kompetentlik” tushunchasi shaxsning doimo о‘sib boruvchi tasnifi bо‘lib,
real hayotiy vaziyatlarda yuzaga kelgan muammolarni yechish qobiliyati, о‘z
bilimi, о‘quv va hayotiy tajribalari, qadriyatlari va qiziqishlarini unga safarbar etish
imkoniyatlari hisoblanadi
1
.
Mutaxassislarning kasbiy-pedagogik tayyorlash sifatini tubdan oshirish
uning mazmuni bilan bevosita bog‘liqdir. Ta’lim jarayonini takomillashtirishning
muhim omili kasb-hunar kollejlari о‘quvchilarining kasbiy kompetentligining
yuqori darajada shakllantirilishi bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli zamonaviy ta’lim
texnologiyalari
imkoniyatlaridan
hamda
yaratilayotgan
о‘quv-uslubiy
majmualardan unumli foydalanish negizida kasb-hunar kolleji о‘quvchilari kasbiy
kompetentligini shakllantirish jarayonining nazariy hamda amaliy asoslarini
yaratish dolzarb vazifalardan biri ekanligini belgilaydi.
Mutaxassislar tayyorlashga nisbatan oldindan belgilab berilgan me’yorlarga
kо‘ra “kompetentlik” atamasi mutanosib kompetensiyalarga ega bо‘lgan
mutaxassisga nisbatan qо‘llaniladi. Kompetentlik ma’lum holat xususida tо‘g‘ri
mulohaza yuritish imkoniyatini beradigan bilimga ega bо‘lish, dalil-isbotli fikr,
kishining muayyan sohada saviyasini ifoda etadigan atama. Kompetentlik shaxs
xususiyatlari va holatining murakkab majmui bо‘lib, ma’lum sohadagi bilim,
kо‘nikma va tajribani mujassamlashtirish, insonga muayyan masalalarda fikr
bildirish, ma’lum qarorlarni ishlab chiqishda ishtirok etish yoki о‘zi qaror qabul
qilish imkonini beradi.
Mutaxassislarning
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalariga
oid
kompetentligi ularning kasbiy kompetentligining tarkibiy qismi sifatida kasbiy
faoliyatidagi zaruriy bо‘g‘in bо‘lib xizmat qiladi.
“Informatika va axborot texnologiyalari” о‘quv predmeti axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga oid kompetentlikini oshiruvchi asosiy
vositalardan hisoblanib, umumta’lim fan bо‘lajak kichik mutaxassislarning
axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid kompetentligining shakllanishiga
xizmat qiluvchi asosiy о‘quv predmetidir.
Kichik mutaxassislarning kasb-hunarga oid kompetentligi axboriy muhit
bilan о‘zaro aloqadorlikdagi bilim, kо‘nikma, malaka va refleksiv kо‘rsatmalarning
kompleksi mavjudligida aks etadi.
О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichida “Informatika va AT” fanini
о‘qitishning bosh maqsadi ta’lim muassasalarida (akademik litsey va kasb-hunar
1
Семёнов А. Л. Роль информационных технологий в общем среднем образовании.
– Москва, 2000. – С. 32.