PEDAGOGIKA
2017, 4-son
101
pedagogik masalarni hal etishda, axborot yig‘ishda, telekonferensiyalarda
ishtirok etishda, ilmiy, pedagogik va metodik ma’lumotlarga murojaat qilishda
internetdan foydalanish kо‘nikmalaridan iborat.
Pedagogika kasb-hunar kollejlarida kichik mutaxassislarning axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga oid kompetentligini oshirish uchun
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini о‘qitishni kompetentli yondashuv
asosida
tashkil
etishni,
fanni
о‘qitishda
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini о‘zlashtirishga doir motivatsiyalarni hosil qiluvchi kasbga
yо‘naltirilgan laboratoriya ishlari, mustaqil ishlardan foydalanishni; seminar-
trening, mahorat darslari kabi ta’limning innovatsion shakllaridan foydalanishni,
kichik
mutaxasislarning
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalariga
oid
kompetentligini shakllantirishning mazmuni, shakl va vositalari ishlab chiqilib,
amaliyotga joriy etishni taklif etmoqdamiz.
Kichik mutaxassislarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid
kompetentligining shakllanishiga “Informatika va AT”ni о‘qitishda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini о‘zlashtirishga doir motivatsiyalarni hosil
qiluvchi kasbga yо‘naltirilgan masalalarni yechish, darsda pedagogik vaziyatlarni
yaratish; kasbiy faoliyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanish, mavzulariga oid seminar-treninglar, mahorat darslari, tо‘garaklar
tashkillashtirish; fanni о‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish, internet-
resurslar, multimedia vositalari yordamida о‘qitish; axborot texnologiyalaridan
foydalangan holda kasb-hunar kolleji о‘quvchilarining mutaxassislikni hisobga
olib ijodiy loyihalarni tashkillashtirish kabi asosiy
pedagogik shart-sharoitlar katta
ta’sir kо‘rsatuvchi omillardan hisoblanadi.
Kasb-hunar kollejlarida о‘qitilayotgan “Informatika va AT” umumta’lim
fanidan yaratilayotgan va foydalanib kelinayotgan darslik va о‘quv
qо‘llanmalarning tahlili shuni kо‘rsatadiki, keltirilgan fan mazmuni kasbiy
bilimlardan ajralib qolgan bо‘lib, kasbiy yо‘nalish elementlarini о‘z ichiga
olmagan, ya’ni faqat “Informatika va AT” о‘quv materiallariga tayanadi,
о‘quvchilarning “Informatika va AT” asoslarini egallashlari tо‘liq ta’minlangan
bо‘lsa-da, kasbiy sifatlarni egallash zaruriyati yetarli darajada hisobga olinmagan.
Bular esa informatikaning boshqa sohalarga tatbiq etilishiga salbiy ta’sir
kо‘rsatadi, yakka holda informatikadan olingan bilimlar kollej о‘quvchilarining
kasbiy kо‘nikma va malakalarini shakllantirishni va rivojlantirishni ta’minlay
olmaydi, natijada informatikaning kasbga yо‘naltirilishi, о‘quvchilarning AKTga
oid kompetentligi shakllanishi sustlashishiga sabab bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |