Gabriel de Mirabo
bo‘l-
di. U boy va mashhur oiladan chiqqan, tajribali hamda dono siyosat
arbobi edi. Mirabo uchinchi tabaqani birlikka chaqirdi.
Shu orada Milliy kengash o‘zini
Òa’sis majlisi
deb e’lon qildi. Parij
gazetalari inqilob bir tomchi ham qon to‘kilmasdan yakunlandi, deb
yozdilar. Ammo Parij xotirjam emasdi.
Birinchi tabaqa – ruhoniylar.
Ikkinchi tabaqa – dvoryanlar.
Uchinchi tabaqa – savdogarlar, hunarmandlar, dehqonlar, burjuaziya.
Bastiliyaning olinishi.
O‘zgarishlardan norozi bo‘lgan olomon
1789-yil 14-iyulda
Bastiliya qal’asiga bostirib kirdi. Qal’adagi qo‘-
shinlar taslim bo‘ldi, qal’a komendanti (boshlig‘i) qatl etildi. Shu
tariqa inqilob olomonning shafqatsiz terrori bilan boshlandi. Lyudo-
vik XVI qo‘zg‘olonchilarga yon berishga qaror qildi. Qirol Òa’sis maj-
lisini tan oldi. Poytaxtda hokimiyat shahar kengashi – Parij Kom-
munasi qo‘liga o‘tdi. Hukmron doiralarning mavjud ziddiyatlarni o‘z
vaqtida hal qila olmaganligi shu tarzda inqilobga olib keldi. Absolut
monarxiya quladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |