Bu davrda O‘rta asrlarning Xitoy va Usmoniylar imperiyasi kabi qudratli davlatlari hamon harbiy jihatdan kuchli bo‘lsa-da, xalqaro munosabatlarda ularning roli pasayib bordi. Yevropada kapitalizmning rivojlanishi millatlarning shakllanishiga olib keldi. Ammo milliy davlatlarning vujudga kelish jarayoni qattiq kurashlar ostida amalga oshirildi. Bu davrda Yevropa davlatlari o‘rtasidagi dengiz yo‘llarini egal- lash, Amerika, Osiyo va Afrikada mustamlakalarga ega bo‘lish uchun olib borilgan kurashlar xalqaro munosabatlarning asosini tashkil qildi. Bu kurashlar natijasida jahon mustamlaka tizimi shakllandi. Yangi davrning eng sharmandali hodisasi – qul savdosi ham shu davrga xos edi. 1. XVI–XVIII asrlardagi xalqaro mojaro va urushlarning sabablari nimalardan iborat edi? 2. Vestfal tinchlik sulhi mazmuni nimadan iborat edi? 3. Yevropa davlatlarining deyarli barchasi ishtirok etgan Yetti yillik urushning mo- hiyati nimadan iborat? 4. Kuchukqaynarji shartnomasining mazmuni nimadan iborat?