Buyuk fransuz burjua inqilobining boshlanishi. 1789-yil 5-may kuni
qirol Lyudovik XVI General shtatlar majlisini ochdi. U o‘z nutqida
aholiga yangi soliqlar joriy qilishni so‘radi. Qirolning nutqi uchinchi
tabaqa vakillarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Parijlik aholi ham depu-
tatlardan qat’iy qarorlar talab qilib, Versal tomon kela boshladi. Shun-
dan so‘ng uchinchi tabaqa deputatlari o‘z yig‘ilishini
Milliy kengash deb e’lon qildi. Birinchi va ikkinchi tabaqa deputatlaridan islohot
tarafdorlari bo‘lganlar ularga qo‘shildi. Milliy kengash absolutizmni
tugatishga qaror qildi.
Fransiyada General shtatlar qachon va qanday maqsadda chaqirilgan edi?
http://eduportal.uz