Yetti yillik
urush
(1756–1763) natijasida Yevropadagi chegaralar o‘zgarmadi.
Urushdan eng katta foydani Angliya oldi. Hindiston va Shimoliy Ame-
rikadagi fransuz mustamlakalari Angliyaga o‘tdi. Angliya dunyoning
yetakchi mustamlaka imperiyasiga aylandi.
Usmoniylar sultoni Mustafo III 1768-yili Rossiyaga qarshi urush
boshladi. Urush 1774-yili Kuchukqaynarji shartnomasi bilan yakun-
landi. Urushda Rossiya imperiyasi g‘alaba qozondi. Shartnomaga bi-
noan, Qrim xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylandi va keyinchalik
Rossiya tarkibiga qo‘shib olindi. Rossiya Qora dengizda harbiy flotga
ega bo‘lish huquqini ham qo‘lga kiritdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |