Mamlakatda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati tarkib topa boshladi. Angliya burjua inqilobi va uning g‘oyalari boshqa Yevropa mamlakatlari rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Inqilob e’lon qilgan siyosiy tamoyillar va o‘rnatgan iqtisodiy tartib yangi industrial si- vilizatsiyaga asos soldi. Absolutizm – bu davlatni boshqarish shakli. Unda monarx hokimiyati mutlaqo
cheklanmagan.
Puritanlar – XVI asrning ikkinchi yarmida kalvinizm asosida Angliyada
shakllangan xristian dini mazhablaridan biri.
Lordlar palatasi – Angliya parlamentining yuqori palatasi.
Kromvel protektorati – (
protektor – homiy, himoyachi) Angliya burjua inqilo-
bining yakunlovchi bosqichi. Bu davrda Angliya, Shotlandiya va Irlandiya hukmdori –
protektori Oliver Kromvel bo‘lgan.
1. Absolutizm Angliya tarixida qaysi asrda shakllandi? 2. Angliya tarixida tyudorlar sulolasi vakillari qanday ishlarni amalga oshirdilar? 3. Angliya burjua inqilobi boshlanishining asosiy sabablari nimalardan iborat? 4. Angliya tarixida O. Kromvel qanday o‘rin tutadi?