Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Download 7,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/259
Sana09.02.2022
Hajmi7,71 Mb.
#438130
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   259
Bog'liq
8 синф жахон тарих

Ijodiy ish topshirig‘i
Mavzu matnini «Insert» jadvali asosida tahlil qiling va ushbu hududga oid
matndagi ma’lumotlarni aytib bering.
Xaritadan foydalanib, Angliya burjua inqilobi bo‘lib o‘tgan hududlarni aniqlang.
3 – Jahon tarixi
http://eduportal.uz


34
Internet vositasida Angliya tarixida tyudorlar sulolasi davrida amalga oshirilgan
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni tahlil qiling. Òarixiy voqealarni xronologik
ketma-ketlikda daftaringizga yozing.
Mavzuga oid «Tyudorlar» serialini ko‘ring va xulosa chiqaring.
6-mavzu: XVI–XVIII ASRLARDA XALQARO
MUNOSABAÒLAR
Yangi davrga kelib, Yevropaning siyosiy xaritasi zamonaviy ko‘ri-
nishga ega bo‘lib bordi. XVII–XVIII asrlarda Yevropa davlatlarining
jahonda ta’sir doirasiga ega bo‘lish va hududlar uchun kurashlari
keyingi davrlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Yevropa sivi-
lizatsiyasi jahon hamjamiyatining iqtisodiy, texnologik va harbiy-siyo-
siy yetakchisiga aylandi. Yevropa sivilizatsiyasining qadriyatlarini bu-
tun dunyoga yoyish uchun uzoq davom etgan kurash boshlandi. Bu
kurash davomida jahon bozorini vujudga keltirgan va o‘z mustamlaka-
lari hamda yarimmustamlaka mamlakatlar xalqlarini bu jarayonlarga
jalb etgan Yevropa sivilizatsiyasi ilk umumjahon sivilizatsiyasiga ay-
lanib bordi. Aynan shu jarayonlar XVI–XVIII asrlardagi xalqaro mu-
nosabatlarning ham mazmunini tashkil qildi.
Yevropa xalqaro munosabatlari uchun O‘rta asrlarda bo‘lib o‘tgan «Yuz yillik
urush» qanday ahamiyat kasb etadi?
XVI–XVIII asrlardagi xalqaro mojaro va urushlarning bir qancha
sabablari bor edi. Birinchidan, Yevropaning kelajagi to‘g‘risida ikki
xil qarash mavjud bo‘lib, Avstriyadagi hukmron gabsburglar sulolasi
katolik imperator boshchiligida yagona imperiya bo‘lishi lozim desa,
Angliya va Fransiya Yevropada mustaqil milliy davlatlar mavjud bo‘-
lishi kerak, deb hisoblardi.
Ikkinchidan, XVI asrda Yevropa katolik va protestant diniy maz-
hablariga bo‘linib ketgan edi. Ular o‘rtasidagi ziddiyatlar Yevropa
miqyosidagi diniy urushlarga olib keldi.
Uchinchidan, iqtisodiy qarama-qarshiliklar – mustamlakalar, bo-
zorlar va dengiz savdo yo‘llarida hukmronlik uchun kurash ham
urushlarga sabab bo‘ldi.
http://eduportal.uz


35

XVII–XVIII asrlarda Yevropa davlatlarining ...

XVI–XVIII asrlardagi xalqaro munosabatlarning mazmuni – ...

XVI asrda ...
Bu davrda manfaatlari doim bir-biri bilan to‘qnashgan davlatlar
Fransiya, Ispaniya va Angliya edi. Ayniqsa, bir-biri bilan chegaradosh
bo‘lgan Fransiya va Ispaniya o‘rtasida chegara hududlar va qo‘shni
davlatlar, birinchi navbatda, Italiyaga ta’sir ko‘rsatish uchun tez-tez
ziddiyatlar bo‘lib turardi. Bu ziddiyatlar oxir-oqibatda, Italiya urush-
lariga olib keldi. Urush natijasiga ko‘ra, Italiya ispan qiroliga bo‘y-
sundirildi.
Xalqaro munosabatlarning yana bir muhim omili Yevropaga doi-
miy xavf solib turgan Usmoniylar imperiyasi bo‘ldi. Usmoniylar im-
periyasi Osiyo va Afrikada juda katta hududlarni egallab olgan edi.
Òurklar bevosita Gabsburglar imperiyasi chegaralariga xavf sola bosh-
ladi. Fransiya va Angliya esa Gabsburglar qudratini susaytirish maq-
sadida Usmoniylar imperiyasi bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatdi.

Download 7,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish