olib borish maqsadida «Jismoniy va Yuridik shaxslarning murojaatlari mas’ul
ijrochilar va sohalar bo‘yicha taqsimlanishi hamda tizim- lashtirilishini nazarda
tutuvchi murojaatlarning yagona klassifiqatori»ni ishlab chiqish va tasdiqlash,
murojaatlarni ruyxatga olish tizimi bo‘yicha yagona elektron dasturni tatbiq etildi.
Beshinchidan
, aholiga huquqiy masalalar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib
borishni faollashtirish, huquqiy maslahatlarni zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari yordamida keng targ‘ib qilish maqsadida davlat
organlari va jamoat tashkilotlari veb-saytlari orqali o‘z
soha faoliyatining
yo‘nalishlari bo‘yicha “Onlayn maslahat” ruknini tashkil etilgan.
Oltinchidan
, fuqarolarning murojaatlari eng ko‘p tushadigan sohalar,
ulardagi to‘siqlar, fuqarolarni o‘ylantiradigan boshqa ehtiyojlarni aniqlash va bu
boradagi muammolarni bartaraf etish maqsadida har bir davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlarida murojaatlar bilan ishlash ahvolini har chorakda
umumlashtirish, davlat xo‘jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash
borasidagi faoliyat bo‘yicha aholining fikrini o‘rganish, ijtimoiy so‘rov o‘tkazish,
shu jumladan, Internet tarmog‘i orqali aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish
tartibini kiritish nazarda tutilgan.
YUqoridagi chora-tadbirlar fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal
etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik,
rasmiyatchilik va befarq
munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikning
muqarrarligini ta’minlash shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha
zarur choralarini ko‘rish uchun zarur tashkiliy va huquqiy asoslarning yaratilishi
mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari
kafolatlarini kuchaytiradi, aholining adolat qaror topishiga bo‘lgan
ishonchini
mustahkamlaydi, amaldagi qonunchilikka hurmatni oshishiga xizmat qiladi.
Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat etuvchi organlar faoliyatida
fuqarolarning
huquq
va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
ta’minlash. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
demokratik davlatni barpo etishdek ezgu maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan har qanday
davlatning asosiy vazifalaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi 44-moddasida fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan
ajralmas
konstitutsiyaviy huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, har bir shaxs uchun
o‘z
huquq
va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor
shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga
shikoyat qilish huquqi kafolatlangan.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab fuqarolarning sud himoyasida
bo‘lish Huquqini ruyobga chiqarishga qaratilgan keng ko‘lamdagi islohotlar
amalga oshirildi. Bu borada 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan «Sudlar
to‘g‘risida»gi va 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan
50
«Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar
ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida»gi Qonunlar hamda sud ishlarini
Yuritishga doir yangi protsessual qonunchilikning qabul qilingani fuqarolarning
Yuqorida qayd etilgan huquqining ruyobga chiqishida katta ahamiyat kasb etib
kelmoqda.
Bugun zamonning o‘zi davlatimiz oldiga nafaqat sud, shuningdek, boshqa
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat etuvchi
organlar faoliyatida ham
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada
samarali ta’minlash vazifasini kuchaytirish talabini qo‘ymoqda.
Jumladan, davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish
bo‘yicha sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim
vazifalari sifatida jismoniy va Yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal
etish murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda bo‘lish
holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikning
muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha
barcha zarur choralarni ko‘rish belgilangan
18
.
O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba bunday keng ko‘lamda, yangi
formatda jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilingan 2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat
etuvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq
va erkinliklarini ishonchli
himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar
nazarda tutilgan:
Birinchidan,
jismoniy va Yuridik shaxslar tomonidan fuqarolik ishlari
bo‘yicha sudlarga murojaat qilish jarayonida to‘lanadigan davlat boji miqdorini
kamaytirish.
Ma’lumki, huquqlari buzilgan fuqarolar adolat kutib fuqarolik ishlari
bo‘yicha sudlarga murojaat qiladilar. Ammo o‘rnatilgan davlat boji stavkalari
da’vogar jismoniy va Yuridik shaxslardan katta
miqdordagi davlat bojini
to‘lashni talab etardi. Ular bunday imkoniyatga ega bo‘lmagan taqdirda
ko‘pincha odil sudga murojaat etishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelishgan.
Bu borada davlat bojini kamaytirishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasi qarorining
qabul qilinishi fuqarolarning o‘z huquqlarini himoya qilishni so‘rab sudlarga
murojaat qilish imkonini yanada kengaytirdi. Pirovard natijada nizolarning sud
jarayoniga qadar etib borishi ularning adolatli hal etilishiga xizmat qiladi hamda
davlat va jamiyat hayotida qonun ustuvorligi- ning amalda ta’minlanishiga
erishiladi.
18
O‘zbdkiston Rdspublikasi Prdziddntning 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-huquq tzimini yanada isloh
qilish, fuqarolarning huquq va drkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytrish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4850-son Farmoni // «Halq so‘zi» gazdtasi 2016 y., 209 (6644)-son.
51
Ikkinchidan
, elektron tartibda sud ishini Yuritishning zamonaviy shakl va
usullarini joriy etish.
Mamlakatimizda axborot texnologiyalari va global internet tarmog‘ining
kun sayin takomillashib hamda ommalashib borishi odil sudlovni Yuritishning
elektron shakllaridan keng tarzda foydalanish sud protsessi taraflari uchun har
tomonlama qulayliklarni yaratadi. Bu orqali odil sudlovni olib borishda
samaradorlikning ortishiga va protsessual ishtirokchilar o‘rtasida sansalorlik
natijasida ortiqcha harajatlarning bartaraf etilishiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: