Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti Reja: 1


Sud hokimiyatiiig chiiakam mustaqilligiii ta’miilash, sudlariiig



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/401
Sana08.02.2022
Hajmi1,53 Mb.
#436359
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   401
Bog'liq
2 5192695407385253356

Sud hokimiyatiiig chiiakam mustaqilligiii ta’miilash, sudlariiig
iufuziii oshirish, sud tzimiii demokratlashtrish va takomillashtrish.
Sudyalar
va sud apparat xodimlarining mavqdini, moddiy rag‘batlantrish va ijtmoiy
ta’minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-tdxnik bazasini mustahkamlash.
Sudyalar mustaqilligi tamoyili «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun, Jinoyat-protsdssual
koddksi, Fuqarolik-protsdssual koddkslarida o‘z ifodasini topgan. Qayd dtsh
kdrakki, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatga biron-bir
tarzda aralashishga yo‘lqo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq
javobgarlikka sabab bo‘ladi. Hdch kim sudyalar
40


va xalq maslahatchilariga tazyiq o‘tkazish va ma’lum bir ish qanday hal qilinishi
lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berish huquqiga ega emas. Ishning xolisona ko‘rib
chiqilishiga to‘sqinlik qilish yoki noqonuniy qaror chiqarishga erishish maqsadida
sudyalar va xalq maslahatchilariga har qanday ta’sir o‘tkazish jinoiy javobgarlikka
sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida sudyalar mavqeini oshirish bo‘yicha sudya
lavozimida bo‘lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o‘n yillik muddatini va
shundan so‘ng muddatsiz davrini belgilash hamda sud raislarining sudyalarga
nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atishga oid vakolatini tugatish nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi
«O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va
faoliyati samaradorligini oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4966-son
Farmoniga ko‘ra, amaldagi sud kotibi lavozimi tugatilib, sudlarning
tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, sudya yordamchisi lavozimlarining
kiritilishi kelgusida sudyalarni odil sudlov bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan
vazifalardan ozod qilishga hamda sudyalar zahirasining shakllanishiga xizmat
kiladi.
SHuningdek, ushbu farmonga asosan sudyalik lavozimlariga nomzodlarni
tanlash va tayinlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida sudyalar
hamjamiyatining oliy organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida
sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini
ta’minlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashi tashkil etildi. Kengashning asosiy vazifalari sifatida sudyalik
lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va mas’uliyatli
mutaxassislar orasidan sudyalarni tayinlash, rahbarlik darajasidagi sudyalik
lavozimlariga ko‘rsatish uchun tavsiya berish yo‘li bilan sudyalar korpusini
shakllantirish, sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni
amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish bo‘yicha
choralar ko‘rish, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish
sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar berish va boshqa muhim vazifalar
belgilandi
16
.
SHuningdek, sudyalarning alohida maqomini inobatga olgan holda,
ularning mehnatiga haq to‘lash normalari va pensiya ta’minoti mexanizmini
belgilash, shu jumladan, sudlar faoliyatini faqat byudjet mablag‘lari hisobidan
moliyalashtirish tartibini, haryili respublika
16
O‘zbdkiston Rdspublikasi Prdziddntning 2017 yil 21 fdvraldagi «O‘zbdkiston Rdspublikasi sud tzimi 
tuzilmasini tubdan takomillashtrish va faoliyat samaradorligini oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi 
PF-4966-son Farmoni // «Xalq so‘zi» gazdtasining 2017 yil 22 fdvraldagi 38 (6732)-soni.
41


byudjetida qonunchilik va ijro hokimiyati organlaridan ajratilgan holda alohida
qatorda belgilash tizimi joriy etiladi.
Sud hokimiyati - sud tomonidan protsessual qoidalarga qat’iy amal qilgan
holda protsessual va moddiy huquqni qo‘llash orqali o‘zining kompetensiyasiga
tegishli bo‘lgan ishlarni hal etish uchun berilgan hokimiyat vakolatidir.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini mustahkamlash va sud
himoyasining «samaradorligini oshirish mamlakat sud-huquq tizimini isloh
qilishning asosiy vazifalari bo‘lib, sudlarni har tomonlama mustaqil, o‘zini o‘zi
moddiy-texnik jihatidan ta’minlash va moliyalashtirish darajasiga ko‘tarishni
nazarda tutadi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik
jihatidan» va moliyaviy ta’minlash departamentining umumiy Yurisdiksiya sudlari
faoliyatini moddiy-texnik jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va
vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tasarrufiga o‘tkazish alohida
o‘rin egallaydi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21
fevraldagi
«O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va
faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4966-son
Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sudlar faoliyatini
ta’minlash departament tashkil etildi, ularning shtat birliklari tasdiqlandi hamda
uning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Umumiy Yurisdiksiya sudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash
bo‘yicha sudlar uchun xonalar yoki alohida sud zali binolarini ajratish va sotib
olish, kapital ta’mirlash ishlarini o‘tkazish, yagona axborot-kompYuter tarmog‘ini
yaratish, umumiy Yurisdiksiya sudlarini mebel jihozlari (stollar, stullar, shkaflar,
seyflar, video-kamera), orgtexnika (shaxsiy kompYuterlar, fakslar, nusxa
ko‘chiruvchi mashinalar, printer - ko‘p funksiyali qurilma, telekommunikatsiya va
aloqa vositalari) bilan ta’minlash, sudyalar uchun avtotransport sotib olish nazarda
tutiladi.
S u d ya l a r g a g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik
bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish. O‘tgan yillar davomida sud- huquq tizimini
tubdan isloh qilish, jamiyatni demokratlashtirishning tarkibiy qismi sifatida
sudlarning xolisligi va mustaqilligini mustahkamlash, sudni hokimiyatning xolis,
mustaqil tarmog‘i sifatida mustahkamlash, qonun ustuvorligini, inson huquq va
erkinliklari ishonchli himoyalanishini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga
oshirildi. Xususan, sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish,
sudning mustaqilligini ta’minlash, uni sobiq tuzumda bo‘lgani kabi qatag‘on
quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va
erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat kiladigan tom
ma’nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga
42


qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hokimiyatlar bo‘linishiga oid konstitutsiyaviy prinsipni izchil amalga
oshirish maqsadida 2000 yil 14 dekabrda «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonun yangi
tahrirda qabul qilindi, shuningdek, bu davrda jinoyat- protsessual, fuqarolik-
protssssual qonunchiligiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu esa o‘z
navbatida, sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va ta’siridan
chiqarish imkonini berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasidan kelib chiqqan
holda, «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4- moddasida
sudyalarning mustaqilligi, ularning faqat qonunga bo‘ysunishi, sudyalarning odil
sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron- bir tarzda aralashishga yo‘l
qo‘yilmasligi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi
belgilab qo‘yildi. Ushbu huquq O‘zbekiston qo‘shilgan Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasining 10- moddasida va xalqaro huquqning boshqa
hujjatlarida ham mustahkamlangan. Alohida
qayd
etish
lozimki,
sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va
erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati
samaradorligini kuchaytirish, aholining odil sudlovga
bo‘lgan ishonchini
oshirish,
jamiyatda
qonun ustuvorligini ta’minlash va
qonuniylikni
mustahkamlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud- huquqtizimini
yanada
isloh qilish,
fuqarolarning
huquq va erkinliklarini
ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi
PF—4850-son hamda 2017 yil 21 fevraldagi
«O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan ta- komillashtirish va
faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF—4966-son
Farmonlarining qabul qilinishi ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosatini sifat jihatidan
yangi bosqichga olib chiqdi.
Ta’kidlash joizki, mustaqillik prinsipi sudlarga huquq beradi va shu bilan
birga ulardan sud muhokamasini adolatli o‘tkazishni hamda taraflarning
huquqlariga rioya qilishni talab etadi.
Amaldagi qonunchilikka asosan sudyalarning daxlsizligi sud
mustaqilligining muhim kafolatidir, daxlsizlik qonunga muvofiq ularning turar
joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transport va aloqa vositalariga, xat-
xabarlariga, unga tegishli mulklar va hujjatlarga ham taalluqlidir. SHuningdek,
sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi va uni oshkor qilinishining taqiqlanishi
sudyalar mustaqilligi, ularning beg‘arazligi va xolisligining eng muhim kafolatidir.
Bundan tashqari, sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin. Sudya O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy xujalik
sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, xibsga olinishi mumkin
emas.
43


Sudyalar
mustaqilligining
asosiy
kafolatlari
«Sudlar 
to‘g‘risida»gi Qonunda mustahkamlangan. Qonunning 67-moddasiga binoan:
ularni qonunda
bdlgilangan tartbda sudyalikka saylash, tayinlash
va sudyalikdan ozod qilish;
ularning daxlsizligi;
qaror chiqarish chog‘ida sudyalar maslahatning sir tutlishi va uni
oshkor qilishni talab dtshning taqiqlanishi;
sudga hurmatsizlik yoki muayyan ishlarni hal qilishga aralashganlik,
sudyalar daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;
sudyaga davlat hisobidan uning Yuksak maqomiga munosib moddiy va
ijtmoiy ta’minot bdrish ta’minlanadi.
SHuningdek, ushbu Qonunning 69-moddasiga muvofiq sudyalarning odil
sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Muayyan ishni har tomonlama, to‘la va xolisona qurishga to‘sqinlik qilish yoki
g‘ayriqonuniy sud qarori chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday
bo‘lmasin biron-bir tarzda ta’sir o‘tkazish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka
sabab bo‘ladi. Sudyadan ko‘rilgan yoki ish Yuritishidagi ishlar mohiyati bo‘yicha
biron-bir tushuntirishlar berishni, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollardan va tartibdan tashqari, kim bo‘lmasin, tanishib chiqish uchun ishlarni
taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi. Xalqaro hujjatlarda sud mustaqilligining
asosan to‘rtta elementi - vakolat muddati, tashqi ta’sirga qarshi kafolatlarning
mavjudligi (xususan, byudjet masalalarida), sud organlarining mustaqil va xolis
organ sifatida qabul qilinishi ajratib ko‘rsatiladi.
Sudya sud hokimiyatining sha’ni va mustaqilligini mo‘‘tabar tutishi, halol
va beg‘araz bo‘lishi, qonunga rioya etishi va fuqarolarning huquqlarini hurmat
qilishiharqanday nojo‘ya harakatlar yoki shunday bo‘lib ko‘rinishi mumkin
bo‘lgan harakatlardan o‘zini tiyishi, o‘zining sudyalik lavozimi nufuzidan shaxsiy
manfaatlari yoki boshqa shaxslarning manfaatlari yo‘lida foydalanishdan o‘zini
saqlashi, huquq sohasida o‘zi- ning kasb malakasini oshirib borishi, sud jarayonida
taraflarga sabr- toqatliligini va obro‘sini ko‘rsatishi, shaxsiy hayotda Yuksak
axloqiy qoidalarga amal qilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2017 yil 21 fevraldagi
«O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va
faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4966-son
Farmoni bilan sudyalar hamjamiyatining oliy organi hisoblanadigan va
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy
prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi
tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini
44


oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4966-son Farmoni qabul qilingani sud
tizimi tuzilmasini tubdan isloh etishga, ular faoliyati samaradorligini oshirishga,
sudlarni ixtisoslashtirishda muhim qadam bo‘ldi. Mazkur farmon bilan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy,
ma’muriy va iqtisodiy sud ish Yurituvis ohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy
organi - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi.
«Xabeas korpus» institutini qo‘llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud
nazoratini kuchaytirish. «Xabeas korpus akt» - Yuridik qoidasi dastlab XV asrda
BuYuk Britaniyada paydo bo‘lgan bo‘lib, keyinchalik o‘z tarraqqiyoti jarayonida
Angliya Parlamenti tomonidan 1679 yil 26 mayda qabul qilingan qonunda
mustahkamlab qo‘yilgan. SHuni aytish kerakki,
«Xabeas korpus» instituti inson huquqi bilan bog‘lik qator xalqaro huquqiy
hujjatlarda ham o‘z aksini topgan. Xususan, 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 8-moddasida
«har bir inson unga Konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari
buzilgan hollarda, nufuzli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning samarali
tiklanishi huquqiga ega» ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan.
«Xabeas korpus»
institutining
O‘zbekiston
Respublikasi
jinoyatlarni ko‘rib chiqish protsessiga bosqichma-bosqich joriy qilinishi sudga
qadar ish Yuritishda fuqarolariing Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab
qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizligini, ulardan sud qarorisiz mahrum qilishga
yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligini mustahkamlovchi
konstitutsiyaviy prinsipni to‘liq amalga oshirish imkonini beradi.
Sudlar
faoliyatiga
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy qilish. Hozirgi kunda sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish - odil sudlov kafolati hisoblanadi.
«2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlan- tirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yichaHarakatlar strategiyasi» hamdaO‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi
«O‘zbekiston
Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish
va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4966-son
Farmonila belgilangan vazifalar bo‘yicha kelgusida sudlar faoliyatiga zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish:
sudlar faoliyatning ochiqligi va shafooigini ta’minlaydi;
sudlarda dldktron hujjatlar aylanishini tdzlashtradi;
sudlar faoliyat to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, ishlash, tzimlashtrish va
ularning saqlanishini ta’minlaydi;
fuqarolar va tashkilotlarning dldktron vositalar orqali sudga murojaat qilish imkoniyatni
yaratb, ularga ortqcha harajatlar saroashning oldini oladi;
45


dldktron vositalar orqali sud muhokamasi qatnashchilarini
xabardor qilish va ularga sud hujjatlarini hamda boshqa xat- xabarlarni
Yuborish imkoniyatni yaratadi;
sud ishi Yurituvi bilan bog‘lik pochta harajatlari va boshqa
harajatlarni qisqartradi;
sud ishi Yurituvini dldktron shaklda olib borish sud qarorlari va
boshqa kdrakli hujjatlarni darhol qabul qilish yoki uzatsh imkonini bdradi,
shuningddk, sudlarda qog‘ozsiz hujjat aylanishini joriy dtshga olib kdladi.
sud ishi Yurituvida dldktron arxivlash tzimini yo‘lga qo‘yish
imkonini bdradi.
Xulosa qilib aytganda, sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish nafaqat sud organlari faoliyati
samaradorligining oshishiga, balki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
belgilangan odil sudlovning oshkoraligi va hamma uchun ochiqligi prinsiplarini
hamda sud hokimiyati faoliyatining ochiqligini amalda ta’minlashga,
fuqarolarning sudlar tomonidan qabul qilingan qarorlar haqidagi axborotlardan
xabardor bo‘lib borishiga, ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari
qisqa muddatlarda sudlar tomonidan himoya qilinishini ta’minlashga xizmat
qiladi.

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish