yanada kengaytirish bo‘yicha, tayyor to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari
ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Sanoatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash loyihalari,
shuningdek, 2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya
sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-
tadbirlari dasturining hayotga samarali tatbiq etilishi natijasida respublika YAIMga
sarflanadigan energiya sarfini 7,4 foiz, hamda yirik korxonalarda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini esa o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 10,6 foiz
kamaytirishga erishildi.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida 2017 yilda
sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chikarilayotgan
mahsulotlarning
tannarxini o‘rtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishni nazarda
tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab berilgan. SHu
jumladan, ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash hamda
modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish,
texnologik jarayonlarni optimallashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu
yo‘nalishga korxonalarning mablaglari va tijorat banklar kreditlari hisobidan
602000,0 million sum investitsiyalar Yunaltirili, bu esa mahalliy mahsulotlarning,
birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatdoshligini va tarmoxlarning exsport
salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Turizm tarmog‘i jahon savdosining eng yirik tarmog‘iga
aylanib
bormoqda va hozirgi kunda er Yuzidagi jami tovar va xizmatlar eksportida
daromad keltirish buyicha ikkita yirik tarmoq - neft qazib olish va avtomobil
sanoatidan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Turizm sohasi jahonda bo‘ladigan
jami eksportning 10 foizini beradi, xizmatlar savdosining esa 35 foizi turizmga
to‘g‘ri keladi. BuYuk ipak yo‘lida joylashgan, asrlar davomida qadimiy
shaharlari bilan mashhur, tarixiy va madaniy o‘tmishga ega O‘zbekiston
Respublikasi turizm tarmog‘ini rivojlantirish uchun real imkoniyatlarga ega.
Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda turizm industriyasini jadal
rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni
diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini
kengaytirishga olib keladigan o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston
Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish
konsepsiyasiga asosan,
shuningdek, 2017-2021 yillarda Konsepsiyani amalga opshrishga doir aniq
chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Mazkur vazifaning
amalga oshirilishi turizm sohasining tezkor rivojlanishi, uning iqtisodiyotdagi
ulushining ortishi, turistik xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi. SHu bilan
birga, «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunning yangi taxririni ishlab chiqish
natijasida turistik sohani rivojlantirish
66
bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari aniqlab beriladi, mazkur
sohada tadbirkorlikniig keng rivojlanishiga zamin yaratiladi.
Harakatlar strategiyasiga asosan, aeroport va vokzallarda xizmat kur- satish
sifatini tubdan yaxshilash nazarda tutilmokda. Mazkur yo‘nalish
xorijiy
turistlarni kutib olayotgan yoki kuzatayotgan turistik faoliyat sub’ektlari
xodimlariga belgilangan tartibda rejim va himoya choralariga amal qilgan
holda, maxsus ruxsatnomalar berish orqali aeroport va vokzallar zallarida hozir
bo‘lishiga ruxsat berish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va yangi turistik marshrutlarni yaratish,
jumladan: mamlakat barcha hududining turistik imkoniyatini o‘rganish va yangi
turistik mahsulot va marshrutlarni shakllantirish; aholi uchun turlar va
ekskursiyalar o‘tkazish bo‘yicha chora- tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
ichki marshrutlar bo‘yicha yangi aviaaloqalar ochish; marketing tadqiqotlarini
o‘tkazish asosida hududiy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha
charter
reyslarini.tashkil etish maqsadida yangi turistik marshrutlarni yaratish, turizmning
zamonaviy turlarini rivojlantirish, ularning jozibadorligini kuchaytirishga oid
islohotlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar Harakatlar strategiyasidan
joy egallagani turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi sub’ektlarning imkoniyatlarini
yanada kengaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimiz turizm sohasidagi ikkita
katta muammoni hal etish, birinchidan, o‘z faoliyatining barcha turlarini mikdor va
sifat jixatidan kengaytirish, ikkinchidan, pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasini yanada
ri- vojlantirishga imkon yaratadi.
Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish hisobidan iqtisodiyotning
raqobatdoshligini oshirishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni
rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar
va butlovchi buYumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat
kooperatsiyasini kengaytirish Harakat dasturining
eng muhim vazifalari
qatoridan o‘rin olgan.
2018-2021 yillarga mo‘ljallangan eksport faoliyatini rivojlantirish
konsepsiyasida quyidagilar nazarda tutilgan:
Yuqori qo‘shimcha
kiymatga
dga bo‘lgan mahsulotlarni
dksport
qilishni kdngaytrish;
O‘zbdkiston uchun savdo aloqalarini rivojlantrish borasidagi
maqsadli bozorlarni aniklash;
tashqi bozorlar kon’Yunkturasini o‘rganish asosida kata xajmdagi dksportbop
tovarlarni ishlab chiqarishni yanada rivojlantrish;
tashqi bozorlarni markdtngga
xos
o‘rganish
usulini
rivojlantrishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
bdlgilangan bozorlarni asosiy ishtrokchilar bilan o‘zviy o‘zaro hamkorlik
o‘rnatsh orqali milliy mahsulotlar bilan ta’minlash;
xalqaro sifat standartlarni
(ISO
9001) kdng joriy dtsh, ishlab chisaruvchilarni
tashqi
bozorlarda
mahsulotlarni
67
standartlashtirish va sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan
tanishtirish.
Transport-kommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish va tranzit
salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar Harakatlar strategiyasida belgilangan.
Masalan, Avtomabil yo‘llari holatini yaxshilash va yo‘l- transport infratuzilmasini
rivojlantirish (Harakatlar strategiyasi, 149- band), Respublika hududlarida mobil
aloqa operatorlarining 1843 ta tayanch stansiyalarini o‘rnatish (Harakatlar
strategiyasi, 159-band). Axborot- komunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
natijasida mamlakatimiz aholisining Yuqori
tezlikda Internetga ulanishi,
multimediya va IP-TV xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: