1. “Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan”. — Andrew Hendrixson
2. “Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang”. — Coco Chanel
3. “Yaratuvchanlik – bu aqlning vaqtichog’lik qilishidir”. — Albert Einstein
4. “Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har qanday sifatdan yaqinroq turadi”. — Brian Tracy
5. “Har doim ko’zingizni ochib yuring. Kuzating. Chunki Siz ko’radigan har qanday narsa Sizni ruhlantirishi mumkin”. — Grace Coddington
6. “Maqsadga erishib oladigan narsangizdan maqsadga erishib yetishadigan darajangiz muhimroqdir”. — Henry David Thoreau
7. “Agar reja ish bermasa, rejani o’zgartiring. Ammo maqsadni o’zgartirmang”. — Muallifi Noma’lum
8. “Men dushmanlarimni do’stlarimga aylantirish orqali xonavayron qilaman”. — Abraham Lincoln
9. “Bir xil yilni 75 marta yashab qo’yib uni umr deb atamang”. — Robin Sharma
10. “Siz odamlarni qutqara olmaysiz. Siz ularni faqat sevishingiz mumkin”. — Anaïs Nin
11. “Nuh kema qurayotganda yomg’ir yog’mayotgan edi”. — Howard Ruff
12. “Orzularingizga jiddiy qarang”. — Muallifi Noma’lum
13. “Baxt sari yo’l yo’q. Baxtni o’zi yo’ldir”. — Thich Nhat Hanh
14. “Jahlni ichga yutish zahar ichib olib boshqa kishining o’lishini kutish bilan tengdir”. — Budda
15. “Chempionlar g’olib bo’lishmagunicha o’ynashni davom ettirishadi”. — Billie Jean King
16. “Siz ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz”. — Shahir Zag
17. “Donishmandlik 1% ilhomlanish va 99% harakatga bog’liq”. — Thomas Edison
18. “Qulay hududingiz juda yaxshi, ammo u yerdan hech qanday hosil ola olmaysiz”. — Muallifi Noma’lum
19. “Siz o’zingiz dunyoda ko’rishni istagan o’zgarish bo’la olishingiz kerak”. — Mahatma Gandhi
20. “Og’riqni vaqtincha karaxt qilib qo’yish oxirida baribir his qiladigan haqiqiy og’rig’ingizni kuchaytiradi”. — Albus Dumbledore
21. “Ishni jo’shqinlik bilan bajaring, yoki umuman bajarmang”. — Rosa Nouchette Carey
22. “Agar baxtli yashashni istasangiz baxtni maqsadga bog’lang, odamlar yoki narsalarga emas”. — Albert Einstein
23. “Siz ko’proq suv quyadigan joyda maysa yashilroq bo’lib o’sadi”. — Neil Barringham
24. “Hech qachon orzuingizdan unga erishish uchun ko’p vaqt ketishi sababli voz kechmang. Vaqt shunday ham o’tadi”. — Earl Nightingale
25. “Balki keyingi boradigan joyingiz qayerligi haqida o’ylashdan ko’ra o’zingiz ketishni istamaydigan joyni yaratarsiz”. — Seth Godin
26. “Agar bajarishdan qo’rqsangiz, demak bu ishni bajarishga albatta urinib ko’rishingiz kerak!” — Seth Godin
27. “Ba’zan g’alaba qozonasiz, ba’zan esa saboq olasiz”. — John Maxwell
28. “Talablaringiz juda yuqori ekanligidan afsuslanmang. Siz bilan bo’lishni chindan xohlagan kishilar albatta bu talablarni qanoatlantirishadi”. — Ziad K. Abdelnour
29. “Men hech qachon muvaffaqiyatni orzu qilmadim. Men unga erishish uchun mehnat qildim”. — Estee Lauder
30. “Xatoliklardan qo’rqish rivojlanishdan qo’rqish demakdir”. — Estee Lauder
Do'stlaringiz bilan baham: |