6-mavzu: Siyosiy soha ijtimoiy taraqqiyot va amaliyot omili. (2 soat)



Download 39,42 Kb.
bet1/2
Sana01.06.2023
Hajmi39,42 Kb.
#947356
  1   2
Bog'liq
6-мавзу (3)


6-mavzu: Siyosiy soha - ijtimoiy taraqqiyot va amaliyot omili. (2 soat)



  1. Siyosat sub’ektlari. Siyosiy soha - inson faoliyatining mustaqil, ayni paytda murakkab va ko’p qirrali jabhasi.

  2. Siyosiy tartibot negizlari. Siyosiy huquq va erkinliklar.

  3. Ijtimoiy amaliyotda siyosiy tartibot.

  4. Tarixiy vaziyatda totalitar va demokratik siyosiy tartibotlar.

Siyosat sub’ektlari bo’lgan shaxs, oila, jamoa ijtimoiy guruh, sinf va millatlarning siyosiy hayoti muayyan ijtimoiy sohalar doirasida amal qiladi. Bu jarayonda murakkab va ko’p qirrali o’zaro bog’liqlik mavjud bo’lib, bu manfaatlarning moddiylashuviga olib keladi. Jamiyat - murakkab va lekin bir butun organizm. Unda turli ijtimoiy guruhlar munosabatlari va manfaati mushtarakligi mavjud. Shaxs faoliyatining umummilliy, umumdavlat, umumhududiy tomonlarini ifodalashda turli ijtimoiy guruh va qatlamlarning muayyan manfaatlariga ta’sir etmay iloji yo’q. Ijtimoiy hayot sohalarini bir-biridan ajratish qiyin, chunki ularda bir butun jamiyat hayoti aks etgan bo’ladi. Ijtimoiy amaliyot mazmunini tushunish uchun, uning rivojlanishini idora qilish uchun jamiyat sohalari tushunchasini aniklash, ularning har biriga xos alohida xususiyatlarini belgilash muhim ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega.


Kishilik tarixida totalitar siyosiy tartibot jamiyat siyosiy sohasini mutloqlashtirib (absolyutizatsiya), boshqa sohalarga qarama-qarshi qilib qo’ydi. Buning oqibatida ijtimoiy hayotimiz o’ta siyosiylashib, siyosat insoniy munosabat va faoliyatning barcha shaklini qamrab oldi. Natijada siyosatning o’zi quruq, rasmiy, mazmunsiz bo’lib bordi. Siyosatga o’z mavqeini qaytarish, ya’ni u - boshqaruv san’ati ekanligini tiklash zarur.
Siyosiy soha - inson faoliyatining mustaqil, ayni paytda murakkab va ko’p qirrali jabhasi bo’lib: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudlov kabi siyosiy-hokimlik munosabatlarini o’z ichiga oladi. U o’ziga xos siyosiy mazmun, va namoyon bo’lish shakliga ega bo’lgan ijtimoiy amaliy taraqqiyotning muhim omili hamdir. Siyosiy hokimiyat mazmunidan kelib chiquvchi taqsimlash va qayta taqsimlash ijtimoiy guruh va jamoalarni harakatga keltiruvchi muayyan muruvvatga bog’liq.
Totalitarizm o’rniga demokratiyaning kelishi jarayonida hokimiyat organlarida siyosiy kuchlar bilan ijtimoiy kuchlar o’rtasidagi amaliy mutanosiblikni aniqlash qiyin kechadi. Bunday vaziyatda mazmunan o’tuvchan va o’zgaruvchan bo’lgan siyosiy sohani aniqlash mushkul bo’ladi. Qolaversa, ijtimoiy jarayonni boshqarishda o’ta markazlashuv va totalitar usullar uzoq yillar qo’llanilib kelingani bois tor guruhiy va mahalliychilik manfaatlari girdobida qolgan siyosiy tashkilotlar va siyosiy harakatlar vujudga keldi. Bu esa ko’p partiyalilikka o’tish sharoitida siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va harakatlarning davlat va jamiyat tizimida uyushishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Siyosiy soha mohiyatini aniqlashda, boshqa hayot sohalari mazmunini aniqlashdagi singari, amaldagi siyosiy tartibot mundarijasiga ham e’tibor berish kerak. Negaki, siyosiy soha va siyosiy tartibot bir-biri bilan ichki bog’liq bo’lgan ijtimoiy holatlardir. Siyosiy, iqtisodiy, sotsial va ma’naviy hayotning tashkil etilishi va amaliyoti - siyosiy tartibotdir. Siyosiy institutdagi “uch”lik - jamiyatning siyosiy tashkiloti, hukmronlikni amalga oshirish uslublari tizimi va hukuk, hamda erkinlik tizimi tashkiliy va tarkibiy birligi siyosiy tartibotni vujudga keltiradi.
Siyosiy tartibot uch negizga asoslanadi. Birinchisi - iqtisodiy asos bo’lib, unda ishlab chiqarishning asosiy vositalarida mulkchilik shakli ifodalangan bo’ladi. Qaysi sinf qo’lida mulkka egadorlik huquqi bo’lsa, shu sinf manfaatiga mos muhit yaratiladi. Ikkinchisi - siyosiy bo’lib, unda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat huquqiga ega bo’lgan davlat turadi. U jamiyatda mulk egasi bo’lgan sinf manfaatiga monand va qulay siyosiy tartibni o’rnatadi va himoya qiladi. Uchinchisi - mafkuraviy negiz bo’lib, bunda hukmron sinf maslagi va maqsadiga tubdan to’g’ri keladigan mafkuraga tayaniladi. U omma orasida aynan amaldagi tuzum va tizimning bo’pishi to’g’ri va maqsadga muvofiq ekanligini tarkib qilishga xizmat qiladi.
Davlat siyosiy tartibot orqali jamiyat a’zolarining xatti-harakatini ma’lum me’yor va qoidalarga buysundiradi. Bu holatning mohiyatida siyosiy huquq va erkinliklar tizimi muhim mavqega ega bo’lib, bu tizim mazmunining asosiy belgilari sifatida siyosiy huquq va siyosiy erkinliklar harakat qiladi. Siyosiy huquqqa - jinsi, irqi, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va holati, milliy mansubligidan qat’iy nazar, teng huquqlilik hamda davlat va jamoat boshqaruv ishlarida ishtirok etish, qonunlar muhokamasi va qabul qilinishida qatnashish, davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini yaxshilash borasida o’z fikrlarini bayon qilish huquqi kiradi. Siyosiy erkinlikni - so’z erki, matbuot erki, majlis va mitinglar erki, ko’cha chiqishlari va namoyishlar erki tashkil qiladi. Siyosiy xukuq va siyosiy erkinlik tizimini qaror toptirishdan eng asosiy maqsad jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy manfaatlari mushtarakligini amalga oshirishdir. Bu tizimni iqtisodiy munosabatdan ustivor qo’yib bo’lmaydi, ayni paytda uni takomillashtirish va rivojlantirish - jamiyat taraqqiyoti talabidir. Tarixdan ma’lumki, iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolgan siyosiy soha, uning tartibotiga xos siyosiy huquq va erkinlik ijtimoiy taraqqiyotga to’sqinlik qiladi. Sinfiy jamiyatlarda siyosiy tartibot tabaqalashish tasnifi asosida amal qiladi. Siyosiy huquq va erkinlik tizimi bunday jamiyatlarda egador sinf uchun barcha imtiyoz va imkonlarni yaratadi, ayni vaqtda, hokimiyatdan va mulkdan begonalashgan sinf va ijtimoiy guruhlar uchun e’lon qilingan erkinlik va huquqni ham kafolatlamaydi.
Totalitar siyosiy tartibot zo’rlik va zo’ravonlik yo’li bilan jamiyat va shaxs manfaatini davlat oldida qurbon qilib, siyosiy hayot bilan ijtimoiy ongni omuxta etib jamiyat hayotini totalitar tarzda chegaralab qo’yadi (reglamentlashtiradi). Buning oqibatida xalq hokimiyatdan, mulkdan, ma’naviyatdan, madaniyatdan begonalashadi. Totalitar siyosiy tartibot sharoitida hayotning siyosiy va nosiyosiy sohalari orasida chegara yo’qolib boradi, ruxsat berilmagan faoliyatining barcha turi istisno etiladi. Ko’pchilik va ozchilik muammosiga barham berilib boriladi, ya’ni o’zgacha fikrlash qonuniy qatag’on qilinadi, ozchilik tan olinmaydi va taqiqlanadi. Rasmiy jihatdan amal qilayotgan ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar faoliyati u yoki bu davlat organi tomonidan total tarzda reglamentlashtirilgan bo’ladi. Totalitar tartibot o’ziga nafaqat xayrixoxlikni, balki faol sodiqlikni va tashabbus bilan qo’llab-quvvatlashni talab etadi. Odat bo’yicha, bunday tartibotlarda hokimiyatning o’zaro uzviy aloqasi yo’q bo’lib, buning oqibatida oliy hokimiyatni qo’ldan-qo’lga o’tishida siyosiy silsilalar, pinhona mojarolar va saroy to’ntarishlari yuz beradi. Siyosiy tartibotlar taraqqiyoti tarixidan ma’lumki, totalitarizmdan demokratiyaga o’tish murrakkab jarayon bo’lib, demokratik tartibotdan totalitar tartibotga o’tish esa nisbatan oson kechadi.
Sobiq Ittifoqning parchalanishi oqibatida vujudga kelgan mustaqil davlatlar siyosiy hayotida fuqarolik jamiyati qaror topib borayotgan shu kunlarda mulkchilik shakllari o’zgarmoqda, ijtimoiy guruhlar va sinflar mundarijasida tub o’zgarishlar yuz bermoqda, milliy munosabatlar mohiyatida yangicha me’yor va qarashlar vujudga kelmoqda. Bunday iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat jamiyatning siyosiy sohasiga ham shubhasiz ta’sir qilmokda. Jamiyatda sodir bo’ladigan bunday o’tish holatida totalitar, avtoritar va demokratik tartibotlarining unsurlari mavjud bo’lishi mumkin. Faqat tilga olingan mazkur uch tartibotning qaysidir biriga xos jihatlar ko’proq va kengroq yoyilgan bo’ladi.
Ijtimoiy amaliyotda siyosiy tartibot ayni vaqtda ham demokratik, ham totalitar mazmunda faoliyat ko’rsatishi mumkin. Uning bu jihati ayniqsa sinfiy jihatdan kesqin karama-qarshilik asosida qurilgan jamiyatlarda yorqin ifodalanadi. Egador sinflarga ­demokratik, mehnatkashlarga - totalitar bo’lgan siyosiy tartibotning bu nisbati muhim emas. Chunki mehnatkashlarning ijtimoiy faolligi, siyosiy kurashlarda ishtiroki darajasi ta’sirida totalitar tartibotning ma’lum chekinishi ro’y beradi. Sinfiy kurash tajribasi, qolaversa, davlatchilik tarixi guvoxdik berishicha hukmdor sinf o’z manfaatiga mos siyosiy tartibotdan to u iqtisodiy, ijtimoiy, sinfiy naf keltirgunga qadar ochiq zo’ravonlik bilan foydalana beradi. Mehnatkashlarning zulm va zo’ravonlikka qarshi kurashi keng avj olib, ochiq istibdod qilish qiyin va noqulay bo’lib qolgan paytlarda egador sinf siyosiy tartibotning totalitar turidan demokratiya usuli unsurlari tomon o’tishga majburan moyillik qiladi. Siyosiy munosabatlardagi islohotlar tufayli demokratiya tomon siljishlar o’zida eski va yangi ziddiyatlarni mujassamlantiradi, shu bois siyosiy soxada amal qilayotgan tartibotdagi mavjud demokratiya darajasini aniqlash qiyin kechadi. Bu borada tug’ilayotgan yangilik eskilik libosiga o’raladi, eskilik esa yangilik mazmunini egallashga harakat qiladi.
Bunday tarixiy vaziyatda totalitar va demokratik siyosiy tartibotlar keskin chegaralar bilan bir-birlaridan ajralmagani uchun, boz ustiga ular mazmunida o’zaro qarama-qarshi holatlar bo’lgani bois o’tish jarayoni murrakkab va qiyin kechishi tabiiy. Qolaversa, bu o’tish siyosiy munosabatlar bag’rida yuz beradiki, bu ham o’z navbatida ma’lum murrakkabliklarni keltirib chiqaradi. Biroq, bunga qaramay, ijtimoiy hayotning muayyan sohalari siyosiy jarayonning taraqqiyoti taqozosi bilan qonuniy qabilda davlatning total nazoratidan asta-sekin ozod bo’lib, o’z o’rni va qiyofasini aniqlab boradi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalari ma’lum davrda davom etadigan totalitarizmdan demokratiya tomon evolyutsion o’tishni boshdan kechirmay amalga oshmaydi. Bunday ijtimoiy o’tish jarayonini o’z mohiyatida aks ettirgani uchun ham unda ko’ppartiyalilik, oshkoralik, siyosiy muxolifat jihatlari mavjud bo’lgan bo’ladi. Ijtimoiy hayot sohalari (birinchi navbatda, ma’naviy soha) davlat nazoratdan uzoqlasha boshlaydi. Ijro etuvchi hokimiyat kuchaya boradi, asta-sekin fuqarolik jamiyati shakllana boshlaydi. Fuqarolik jamiyati haqida gapirib, Islom Karimov shunday deydi: “Biz uchun fuqarolik jamiyati-ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustivor bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to’la darajada ro’yobga chiqishiga ko’maklashadi”.1
Yuqoridagi ta’kiddan ko’rinib turibdiki, fuqarolik jamiyati mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti mazmunidan kelib chiqib, qurilayotgan siyosiy tuzumdir. Bu jamiyat mavjud manfaatlarni mujassam holda ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy instituti bo’lib, huquqiy davlatchilik tizimi tiklanganligi bilan harakterlanadi. Bu tuzum mavhum jamiyat yoki umuman xalqning emas, balki muayyan insonning manfaatlarini ifodalaydi. Konstitutsiyaviy me’yorlar va qonunlarning ustivorligi, ular inson manfaatlarini ish tutishga va shu doirada ijtimoiy-siyosiy o’zaro munosabatlarni joriy qilishga qaratilganligi bu tuzumni asosiy belgilaridandir.
Bugungi jamiyatimiz taraqqiyoti shuni ko’rsatmoqdaki, fuqarolar davlatni boshqarishda ishtirok etish, o’zlari qanday boshqarilayotganligi haqida ma’lumot olish huquqini anglay boshlashiga va bu huquqdan foydalana olish malakasiga erishishlari bugungi kun talabidir. Mazkur ko’nikmalar jamiyatda joriy qilinib, amaliyotda qo’llanilgandagina davlat va uning institutlari, mansabdor shaxslar jamiyat va fuqaro oldidagi o’z ma’suliyatlarini his qiladilar. Buning asosiy omili - fuqarolarning siyosiy faolligini oshirishga borib qadaladi.
Mazkur bayonda siyosat mundarijasida harakat qilgan tizimlar faoliyatining jamiyat hayotida tutgan mavqei va o’rniga ma’lum ma’noda e’tibor berdik. Nazarimizda bunday tahlil hozirgi davrda o’ta dolzarbdir, chunki yaqin yillarga qadar siyosiy hayotdagi barcha muammolarning mutloq anikligi, ularning vujudga kelishi va rivojlanish tendentsiyalarining mustabid mafkura hamda yakka firqaliq tizimi tabiatiga moslab tushuntirilishining o’zi qator muhokamayu mushohadaga mushtoq masalalarni vujudga keltirgan edi.
Buzilgan siyosiy tizim tabiati shaxs va jamiyat munosabatida nomutanosiblik keltirdi. Demokratik yo’llar bilan bu nomuvofikdiklar yechilmagani bois, ular chuqurlashib, qarama-qarshiliklar darajasiga o’sib chiqadi. SHu sababdan siyosiy soxa, uning mazmuni va mohiyatini bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda tahlil qilish muhimki, biz ushbu masalaga oid o’z fikrimizni bayon etdik.


Download 39,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish