Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti Reja: 1



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet389/401
Sana08.02.2022
Hajmi1,53 Mb.
#436359
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   401
Bog'liq
2 5192695407385253356

«Xavfsizlik,
millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan,
o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar» 
bdlgilandi.
Bu ham Yurtmizda fuqarolarimiz xavfsizligi, millatlar va diniy bag‘rikdnglikka
bdrilayotgan ulkan d’tbordan dalolat bdradi.
«Bag‘rikenglik» tushunchasi ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli
sohalari jumladan, siyosat va siyosatshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ilohiyot,
ijtimoiy axloq, qiyosiy dinshunoslik kabi fanlar doirasida keng istifoda etiladi.
Lotincha «tolerare»ni «chidamoq», «sabr qilmoq» ma’nosini anglatgan
«tolerantlik» so‘zi, asosan biror narsani, o‘zgacha fikr yoki qarashni, o‘z shaxsiy
tushunchalaridan qati nazar, imkon qadar bag‘rikenglik va chidam bilan qabul
qilishni anglatadi. Xususan, ushbu tushuncha deyarli barcha tillarda bir xil yoki
bir-birini to‘ldiruvchi ma’no kasb etib, «chidamlilik», «bardoshlilik», «toqatlilik»,
«o‘zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish»,
«muruvvatlilik»,
«himmatlilik», «kechirimlilik», «mehribonlik», «hamdardlik» kabi ma’nolarga
ega.
Taraqqiyotning asosiy omillaridan biri bo‘lgan bag‘rikenglik borasida 1995
yil 16 noyabrda BMT tizimida Fan, ta’lim va madaniyat sohasida ixtisoslashgan
tashkilot (YUNESKO) bosh konferensiyasining 28- sessiyasida «Bag‘rikenglik
tamoyillari Deklaratsiyasi» qabul qilindi. Deklaratsiyada irqi, jinsi, kelib chiqishi,
tili, dinidan qat’iy nazar, bag‘rikenglikni targ‘ib etish, inson huquq va
erkinliklariga hurmat bilan qarash kabi majburiyatlar belgilab qo‘yilgan.
1998 yil 6 noyabrda Toshkentda o‘tkazilgan YUNESKO Ijroiya
Kengashining 155- sessiyasida «Tinchlik madaniyati va YUNESKOning a’zo
davlatlaridagi faoliyati» deklaratsiyasi qabul qilindi. YUNESKOning
«Tinchlik madaniyati» konsepsiyasi BMT tomonidan ma’qullanib, 2000 yil
«Xalqaro tinchlik madaniyati yili», 2001 yil esa «Xalqaro madaniyatlararo
muloqot yili» deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston diyorida qadimdan turli sivilizatsiya vakillari, madaniy
qatlamlar, xilma-xil e’tiqod va dunyoqarashlar yonma-yon yashab kelgan. Bu erda
yashovchi xalq boshqa joydan ko‘chib kelib, o‘rnashib qolgan emas. Bu zamin -
ota-bobolarimiz yashab o‘tgan azaliy va muqaddas makondir. Bu zamin
- SHarq va G‘arbning, SHimol va Janubning, qadim o‘tmish va buYuk kelajakning
tutashgan joyi, Markaziy Osiyoning Yuragi, insoniyat ta- fakkuri, fan va
madaniyatining eng ko‘hna o‘choklaridan biridir. Bu tuproqda jahonni hayratga
solgan sivilizatsiyaning ildizlari vujudga kelgan, insoniyat tarixining eng qadimgi
davrlariga mansub diniy va falsafiy an’analar shakllangan. Qadimgi Yunon
faylasufi Geraklit bu
274


Yurtni «falsafiy tafakkur beshigi», deb bejiz ta’riflamagan. SHuni ta’kidlash
joizki, bizning sivilizatsiyamiz o‘ziga xos bag‘rikenglik tafakkur uslubiga
tayanadi.
Uch ming yillik tariximiz shundan guvohlik bermoqdaki, oliyjanoblik va
insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng Yuksak
fazilatlaridan hisoblanadi. Bu boradagi an’analar avloddan-avlodga o‘tib
kelmoqda.
Ma’lumotlarga kura, bundan Yuz yil avval mamlakatimiz xududida 70 ga
yaqin millat vakillari istiqomat qilgan. 1926 yilda Yurtimizda 90 millat va elat
yashagan bo‘lsa, 1959 yilda ularning soni 113 taga, 1979 yilda 123,1989 yilda esa
130 taga etgan edi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng nafaqat
mamlakatga nom bergan o‘zbek xalqi, balki shu mukaddas zaminda istiqomat
qilayotgan turli millat vakillarining ham millat sifatida saqlanib qolishi va
rivojlanishi uchun teng sharoit va imkoniyatlar yaratish masalasiga alohida e’tibor
qaratdi. Jumladan, ko‘pmillatli diyorimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash va
yanada mustahkamlashning muhim omili bo‘lgan millatlararo totuvlik va
hamjihatlikni ta’minlash, mamlakatimizda istiqomat kilayotgan turli millatga
mansub aholining ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan
milliy- madaniy markazlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda millatlararo
munosabatlarni takomillashtirish uchun Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan
1992 yil 13 yanvarda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etildi.
Uning asosiy vazifasi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari, shuningdek, jamoat tashkilotlari
bilan birgalikda millatlararo munosabatlar sohasida yagona davlat siyosati amalga
oshirilishida qatnashish, milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va
o‘ziga xos an’ana, urf-odat va rasm-rusumlarni tiklash hamda rivojlantirishda
ularga kumaklashish deb belgilandi.
2017 yilda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining
25 yilligi keng nishonlandi. Mamlakatimizda milliy madaniy markazlarni soni 140
dan ziyod ular Yurtimizning jamoat tashkilotlari qatorida samarali faoliyat
ko‘rsatmoqda. SHunisi diqqatga sazovorki, bu markazlar faoliyatida millatidan qati
nazar, barcha Yurtdoshlarimiz qatnashishlari mumkin. Millatlararo munosabatlar
yo‘nalishidagi yana bir dolzarb masalalardan biri - aholining milliy tarkibiga mos
keladigan ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilishdir. Bu borada respublikamizda
bugungi kunga kelib, 10 mingga yaqin maktab faoliyat Yuritayotgani, shundan 845
ta maktabda rus tilida, 491 ta maktabda qozoq tilida, 259 ta maktabda tojik tilida,
52 ta maktabda turkman tilida, 40 ta maktabda qirg‘iz tilida, 7 ta maktabda koreys
tilida ta’lim berish yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlash kerak. Bular orasida ikki yoki uch
tilda o‘quv mashg‘ulotlari olib borilayotgan maktablar ham bor. Halq ta’limi
vazirligiga qarashli pedagogika institutlarida o‘zbek tilidan tashqari rus,
275


tojik, turkman, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq tillarida ham mashg‘ulotlar olib
boriladigan maktablar uchun mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Respublikamizdagi ommaviy axborot vositalarining faoliyati ham aholi milliy
tarkibining rang-barang ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda
tilda, ya’ni o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, turkman, ingliz, koreys tillarida
gazeta va jurnallar chop etilmoqda.
O‘zbekiston televideniesi orqali qator xorijiy tillardagi ko‘rsatuvlarning
muntazam ravishda namoyish qilinishi va maxsus radio eshittirishlarning turli
tillarda efirga uzatilayotgani ham diqqatga sazovor. Bugungi kunda, 12 (o‘zbek,
qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, ozarbayjon, rus, tatar, boshqird, koreys, uyg‘ur)
tillarida teleradio eshit- tirishlar efirga chiqmoqda. Bundan ko‘rinadiki,
O‘zbekistonning millatlararo siyosati insoniylikka, demokratiyaga qarshi bo‘lgan
siyosatning har qanday ko‘rinishlarini to‘lik va mutlaq rad etishga asoslangan.
Ko‘rinib turganidek, millatlararo munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish
borasida O‘zbekiston o‘ziga xos tajriba orttirdi. Bunda faqat milliy o‘zlikni
anglash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini tarbiyalash, millatlarning tili,
madaniyati, urf-odatlarini asrab-avaylash bilan cheklanmaslik, balki mamlakatdagi
barcha millatlarning umumiy birdamligiga erishish tamoyiliga amal silindi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ko‘rilgan bu siyosat:
ko‘p millatlilikni yaratuvchilik kudratga dga bo‘lgan omil sifatda tan olish;
fuqarolarning jinsi, irqi, millat, tli, dini, d’tqodi, shaxsi, 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish