ijtmoiy
kdlib chiqishi va
mavqdidan qat’i nazar, tdngligini ta’minlash;
milliy mansubligidan qat nazar, fuqarolarning mamlakat siyosiy va ijtmoni
hayotdagi tdnt huquqli ishtrokini kafolatlash;
milliy tl, urf-odat va an’analar hurmat qilinishini ta’minlash va ularning
rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratsh;
ijtmoiy hayot, siyosiy insttutlar, mafura va fikrlar xilma- xilligi asosida
rivojlanishini ta’minlash;
fuqarolarning konsttutsiyaviy huquq va drkinliklariga qarshi qaratlgan milliy,
irqiy, diniy adovat va nizoni targ‘ib qiluvchi faoliyatga yo‘l qo‘ymaslik;
millatlar va dlatlar huquq va drkinliklarini muhofaza qilishga doir xalqaro qoidalar
ustuvorligini tan olish kabi tamoyillarga tayangan holda izchil amalga oshirilmoqda.
SHuni unutmaslik kerakki, qaerda millatlararo totuvlik g‘oyasining
ahamiyati anglab etilmasa, jamiyat hayotida turli ziddiyatlar, muammolar vujudga
keladi, ular tinchlik va barqarorlikka xavf soladi. Bugungi kunda jahonning ayrim
mintaqalarida sodir bo‘layotgan milliy nizolar shundan dalolat berib turibdi.
Millatlararo totuvlik g‘oyasini amalga oshirishga g‘ov bo‘ladigan eng xatarli
to‘siq - tajovuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday illat,
276
zararli g‘oya tuzog‘iga tushib qolgan jamiyat tabiiy ravishda halokatga Yuz tutadi.
Bunga uzoq va yaqin tarixdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Birgina fashizm
g‘oyasi XX asrda insoniyat boshiga avvalgi barcha asrlardagidan ko‘ra ko‘proq
kulfat, ofat-balolar yog‘dirib, oxir-oqibatda o‘zi ham halokatga uchradi. Lekin
hanuzgacha fashizm, shovinizm, irqchilik g‘oyalarini tiriltirib, millatlararo
totuvlik, hamjixatlik g‘oyasiga qarshi
«salib Yurishi» uYushtirishga urinayotgan kuchlar borligi barchamizni hushyor
torttirishi lozim.
Bag‘rikenglikning muhim yo‘nalishlaridan biri «diniy bag‘rikenglik» dir.
Turli din vakillari e’tiqodidagi mavjud farqlardan qat’i nazar, ularning yonma-yon,
o‘zaro tinch-totuv yashashi hamda har bir diniy ta’limotga hurmat bilan qarashni
anglatadigan mazkur tushuncha, har kim o‘z e’tiqodiga amal qilishda erkin
bo‘lgani holda, bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini e’tirof etishini nazarda
tutadi. «Bagrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi»da ta’kidlanganidek,
«Bag‘rikenglik bo‘lmasa, tinchlik bo‘lmaydi, tinchliksiz esa taraqqiyot va
demokratiya bo‘lmaydi».
Asrlar mobaynida o‘lkamizning shaharu qishloqlarida masjid, cherkov va
sinagogalar emin-erkin faoliyat ko‘rsatib, turli millat va dinga mansub qavmlar
hamjixatlikda o‘z diniy marosimlarini ado etib kelganlar. Tariximizning eng
murakkab, og‘ir davrlarida ham ular o‘rtasida diniy asosda mojarolar bo‘lmagan.
Bu esa, millati va diniy qarashidan qat’i nazar, insonni ardoqlash va o‘zgalarni
qadrlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish kabi tuyg‘ular Yurtimiz
aholisining qon-qoniga singib ketganidan dalolat beradi. Aynan shu sifatlar
xalqimizga xos bo‘lgan diniy bag‘rikenglikning ma’naviy asosini tashkil qiladi.
Ma’lumki, har bir dinning o‘ziga xos akidalari mavjud. Ular ba’zan bir-
biriga mutanosib bo‘lsa, ba’zan zid ham kelishi mumkin. Diniy bag‘rikenglik ana
shu xilma-xillik asosida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini oladi,
turli e’tiqodlarning yonma-yon va bir paytda mavjud bo‘la olishi uchun xizmat
qiladi.
Qadim zamonlardanoq o‘lkamizda zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik,
nasroniylik kabi dinlar mavjud bo‘lgan. Eng qadimiy va keng tarqalgan dinlardan
biri bo‘lmish zardushtiylikning vatani ham bizning Yurtimizdir. CHunki, u
qadimgi Xorazmda shaklanib, rivoj toptan.
Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda buddizm ham muhim o‘rin tutgan.
Xattoki, Buxoro shahrining nomi ham «Vahara» - buddaviylar ibodatxonasi
nomidan kelib chiqqan, degan fikrlar bor.
Markaziy Osiyoga islom dinining yoyilishi arafasida bu erga Eron orqali
Suriyadan kirib kelgan nestorian yo‘nalishidagi nasroniylik
dini
muhim mavqeni
egallagan. VI asr boshlarida Samarqandda nestorian episkopi, VIII asrda esa
mitropolit xizmat qilgan. SHuningdek, qadimda hozirgi Toshkent va Xorazm
viloyatlari hududlarida nasroniy diniga mansub aholi ham yashagan.
VIII asrda Markaziy Osiyoga arablar bilan birga islom dini ham
kirib keldi.
Aholining bu dinni qabul qilishi asta-sekinlik bilan, bir
277
tekis bo‘lmagan holda Yuz berdi. Aholining bir kismi o‘zlarining qadimgi
dinlariga e’tiqod qilishda davom etdi Bu vaqtda islom va mahalliy dinlarning,
ularga xos kadriyat va odatlarning qorishuvi Yuz berdi. Movarounnahr
xalqlarining islom diniga zid kelmaydigan ma’rifiy- axloqiy g‘oyalari, huquqiy
me’yor va urf-odatlari to‘la saqlanib qoldi hamda islom ta’limoti asosida yanada
sayqallandi. Bu holat Movarounnahrda islomning o‘ziga xos xususiyatlar kasb
etishiga sabab bo‘ldi. Bu ham Yurtimizda uzoq yillar davomida shakllangan diniy
bag‘rikenglik samarasi edi.
O‘lkada tinchlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlashda islom
ta’limotidagi o‘zga din vakillari bilan o‘zaro murosa yo‘lini tutish, ular bilan
dunyoviy ishlarda hamkorlik qilish va hamjixatlikda yashashga chorlovchi
tamoyillar ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa, islom ta’limotidagi dinni
qabul qilish yoki qabul kilmaslik qalbga bog‘liq, insonning to‘liq ixtiyoridagi
amal deb qaralishi mintaqada diniy bag‘rikenglik muhiti barqaror bo‘lishi uchun
asosiy omillardan bo‘ldi.
Diyorimizdan etishib chiqqan allomalarning asarlarida ham diniy
bag‘rikenglik bilan bog‘liq kadriyatlar targ‘ib qilingan g‘oyalarni uchratamiz.
Jumladan, SHayx Ahmad YAssaviy ham o‘z hikmatlarida o‘zga din vakillariga
yaxshi munosabatda bo‘lishni uqtirgan:
Sunnat ermish, kofr bo‘lsa, berma ozor, Ko‘ngli
qotg‘ dilozordan xudo bezor.
YUrtimizdan etishib chiqqan allomalarimizning bu kabi o‘gitlari uzoq yillar
davomida xalqimizni bag‘rikeng bo‘lishga, turli din va elatlar bilan tinch-
totuvlikda hayot kechirishga, chorlab kelgan.
Hozirgi kunda ham Yurtmizda istqomat qilayotgan turli din vakillari uchun
tdng imkoniyatlarning yaratlishi, ayniqsa, diniy bag‘rikdnglikka doir qoidalarning
qonuniy asoslarda mustahkamlanishi tahsinga sazovordir. Eng avvalo,
Konsttutsiyamizning 31-moddasida mustahkamlangan
«Hamma uchun vijdon
erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tqod qilish yoki hech qaysi dinga
e’tqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l
qo‘yilmaydi»
ddgan qoida diniy bag‘rikdnglik uchun dasturulamal bo‘lib xizmat
qilmoqda. Bu tamoyipga ko‘ra, har kim o‘z dini va d’tqodiga amal qilishda
drkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham dga dkanini tan olmog‘i lozim. Bir
kishining din borasidagi qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin
dmas.
Bundan tashkari, Konstitutsiyamizning 18-modsasida ham
«O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib,
jinsi, irqi, millat, tli, dini, ijtmoiy kelib chiqishi, e’tqodi, shaxsi va ijtmoiy
278
mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtyozlar faqat qonun bilan
belgilanib qo‘yiladi hamda ijtmoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart»
ddgan
norma asosida
279
turli diniy e’tiqoddagi insonlarning dini va e’tiqodidan qati nazar, qonun oldida
teng ekani e’tirof etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |