axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(214-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 29
martdagi O’RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2017 y., 13-son, 194-modda)
O’sha harakatlar:
a) takroran, xavfli residivist yoki ilgari ushbu Kodeksning
(
210 — 212-moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko’p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan shaxsga nisbatan tamagirlik
yo’li bilan sodir etilgan bo’lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
O’sha harakatlar:
a) juda ko’p miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(214-modda O’zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi O’RQ-391-sonli
Qonuni tahririda — O’R QHT, 2015 y., 33-son, 439-modda)
LexUZ sharhi
Qo’shimcha ma’lumot uchun qarang: O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996 yil
15 martdagi 9-sonli «Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to’g’risidagi
ishlar bo’yicha sud amaliyoti haqida»gi qarori 8-bandining uchinchi xatboshisi
Hozirgi vaqtda jinoiy jazolar liberallashtirilayotgan, sud-huquq islohotlari amalga
oshirilayotgan bo’lsada, poraxo’rlik uchun belgilangan jazo choralari liberallashtirilgani yo’q. Bu
ham mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keo kin va izchyl kurash olyb borilayotganidan dalolat
beradi. Korrupsiyaga qarshi kurash borasidaqator institusional chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar
vazirligi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi korashish department korrupsiyaga qarshi kurash olib
boruvchi maxsus tuzilmalar tashkil etilgan va ular korrupsiyaga qarshi izchil kurash olib
bormokdalar.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2020 yil 24-yanvarda Oliy Majlis palatalariga
Murojaatnomasini taqdim etdi, ushbu ma’ruzada quyidagi fikrlarni takitladi: “afsuski,
jamiyatimizda korrupsiya illati o’zining turli ko’rinishlari bilan taraqqiyotimizga g’ov bo’lmoqda.
Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investisiya muhitini yaratib
bo’lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog’i rivojlanmaydi.
Tadbirkorlar hanuzgacha yer ajratish, kadastr, qurilish, lisenziya, bojxona, bank, davlat
xaridlari kabi sohalarda korrupsiyaga duch kelayotganini Prezident nomiga kelib tushayotgan
ko’plab murojaatlar ham, matbuot va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar ham yaqqol ko’rsatib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: