164
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
Duragaylash metodini amalga oshirishda geterozis hodisasidan keng foydalaniladi Tur ichidagi
formalarni duragaylash o‗simliklar seleksiyasining asosiy metodlaridan biridir. O‗zbekistonda
ekiladigan madaniy o‗simliklar, jumladan g‗o‗zaning ko‗p navlari shu usul bilan yaratilgan.
Jug‗rofiy uzoq formalarni duragaylash usuli yordamida bir turga mansub,
lekin har xil ekologik
sharoitlarda, hududlarda o‗stiriladigan o‗simliklar chatishtiriladi. G‗o‗za seleksiyasida Janubiy
Amerikadan keltirilgan g‗o‗za navlarini O‗zbekistonda yaratilgan g‗o‗za navlari bilan duragaylash
natijasida professor A. I. Avtonomov sifatli tolali, kasalliklarga chidamli 10964, 2850 ingichka
tolali g‗o‗za navlarini yaratdi. Akademik Sodiq Mirahmedov Meksikadan keltirilgan viltga
chidamli Gossipium xirzutum turiga kiruvchi meksikanum yovvoyi g‗o‗zasi bilan O‗zbekistonda
ekiladigan
serhosil, tezpishar, viltga chidamsiz S-4727 g‗o‗za navini o‗zaro duragaylash natijasida
viltga chidamli «Toshkent-1», «Toshkent-2», «Toshkent-3» g‗o‗za
navlarini yaratdi va O‗zbekistonda paxtachilikni rivojlantirishga katta hissa qo‗shdi. Turlararo
duragaylash natijasida poliploidiya hodisasidan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda sun‘iy poliploidiya
metodi keng qo‗llanilmoqda. Har xil mutagen moddalar ta‘sirida (masalan, kolxitsin yordamida)
poliploid formalar olinadi. Ulardan seleksiya uchun foydali belgilarga egalari tanlab olinadi.
Poliploid o‗simliklar serhosil, kasalliklarga chidamli bo‗lishi mumkin.
Turlararo duragaylash usuli
yordamida akademik S. S. Kanash Gossipium xirzutum va Gossipium xerbatsium turlariga
mansub navlarda g‗o‗zaning 8202, 114-1 kabi kasalliklarga chidamli navlarini yaratdi.
Uzoqdan
duragaylash va radiatsion mutagenez usullari yordamida g‗o‗zaning foydali belgilariga ega
bo‗lgan navlari yaratilgan. O‗zbekistonda radiatsion mutagenez hodisasidan foydalanib
akademiklar Nabijon Nazirov va Oston Jalilovlar g‗o‗zaning serhosil AN-402, Samarqand-3,
Yulduz kabi serhosil navlarini yaratdilar. Ximiyaviy mutagenez ham madaniy o‗simliklarning
ko‗plab serhosil va boshqa foydali xususiyatlarga ega navlarini yaratishga imkon beradi. Hujayra
injeneriyasi usullari hozirgi davrda o‗simliklarning yangi navlarini keltirib chiqarishda keng
qo‗llanilmoqda. Bunda somatik hujayralar duragaylanadi. Duragaylash
uchun protoplastlardan
foydalaniladi. Protoplastlar (yunoncha protos – birlamchi, plastos – hosil bo‗lgan) qobig‗i
bo‗lmagan, faqat hujayra membranasi bo‗lgan hujayralardir. Bu usul bilan kartoshkaning madaniy
165
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
turi Solamum tuberosum va yovvoyi turi Solamum Chacoense duragaylash natijasida otaonalarga
nisbatan oraliq xususiyatlarga ega, lekin poyalari chidamli duragaylar olindi . To‗qimalarni sun‘iy
o‗stirish yordamida vegetativ ko‗payish metodi o‗simliklar seleksiyasida tobora keng
qo‗llanilmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: