xakining asosiy kismini, ishning murakkabligi, og’irligi, ish sharoitiga ko’ra
differinsiallash, mehnat unumdorligini o’sishiga binoan ish xakini uzluksiz
o’sishini ta’minlash lozim.
Tarif- malaka ma’lumotnomasi ishchilarning
malaka darajasidagi
ma’lumotini aniqlash uchun qo’llaniladi. Кasblar, ishning og’ir va engilligiga
binoan bir necha razryadlarga bo’linadilar.
Xodimlar va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish maqsadida
ish haqining eng kam miqdori belgilab qo’yiladi va bu miqdor narx-navoning
oshib borishiga mutanosib ravishda indeksasiyalanib, oshirib boriladi.
Mehnatga haq to’lashda hozirgi paytda amalda bo’lgan yagona tarif
jadvalining ahamiyati katta bo’lib, uning vositasida bir xil miqdorda va sifatga
ega bo’lgan mehnat uchun bir xil haq to’lash,
ish haqi sohasida yagona
siyosatni amalga oshirish, ijtimoiy adolatni ta’minlashga erishiladi. Xalq
xo’jaligining turli tarmoqlarida mehnatga haq to’lashda hech narsa bilan
asoslanmagan tengsizliklarninig oldini oladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 iyundagi “Ish haqi,
pensiyalar va stipendiyalarning miqdorini oshirish” to’g’risidagi farmonida
hamda ushbu Farmon asosida O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1998 yil 12 iyundagi “ Mehnatga haq to’lash bo’yicha yagona
tarif jadvalini yanada takomillashtirish haqidagi” 247-sonli qarori bilan xalq
xo’jaligining barcha tarmoqlarida “0”dan “22”gacha tarif razryadlari (23ta) joriy
etilgan bo’lib, barcha kasblar, ishlar, lavozimlar ushbu razryadlar shkalasiga
muvofiq tarifikasiya qilinadi. Bunda hech qanday malaka talab qilmaydigan eng
oddiy ish “0” razryad bilan tarifikasiya qilingan bo’lib, unda ish haqi eng kam
oylik ish haqiga teng bo’ladi. Bunday ortib borish “0”
razryadga nisbatan
amalga oshadi.
Mehnatga haq to’lashning shartlari qanday tartibda o’rnatilgan bo’lsa
(davlat yo’li bilanmi, jamoa shartnomasi yoki kelishuvi orqalimi yoki boshqa
usul), ana shunday tartibda o’zgartirilishi mumkin.
Mehnatga haq to’lashning yakka shartlari xodim uchun noqulay
tomonga o’zgartirilishiga faqat uning roziligi bilangina yo’l qo’yilishi mumkin.
Texnologiyada, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishda o’zgarishlar
yuz berishi tufayli mehnatga haq to’lashning avvalgi shartlarini saqlab qolish
mumkin bo’lmaganda hamda qonunda ko’zda
tutilgan boshqa hollarda
xodimning roziligisiz ham mehnatga haq to’lash shartlari ish beruvchi
tomonodan o’zgartirilishi mumkin.
Hozirgi davrda sanoat tarmoklarida ishlar b-8-razryadga bo’linadi. Эng
sodda ishlar birinchi razryad, eng murakkablari esa 6-8-razryadlaridir.
Mehnatga xak tulashning tashkil etish fakat ishchilarning malaka tarkibini
belgilabgina, mehnatning tashkil etishning ilgor usullarini o’z ichiga olib,
ishlovchilarni muloxoza yurita olishini xam e’tiborga oladi.
Кullanmalarda malakalar buyicha zarur talablar kursatilgan, u ma’lum
malakali ishchining kasbi doirasidagi bilim darajasi
va bajariladigan ishning
ta’rifi bilan izoxlangan. Shuningdek ma’lumotnomalarda maьlum kasbdagi
malakali ishchilarning bajaradigan muxim va keng tarkalgan rasmiy
ishlariga misol keltirilgan. Sanoatning barcha tarmoklarida qo’llaniladigan
yagona ish xaki qo’llanmasi ishlarning murakkabligi xamda ishchilarning
malakalariga ko’ra belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: