qo’shimcha kafolatlarni qo’lga kiritadi hamda unga bir qator majburiyatlar
yuklatiladi.
Ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo’lmagan har qanday
shaxs o’zi yashab turgan erdagi tuman (shahar) mehnat birjasiga ish so’rab
murojaat qilishi mumkin. Bunda birinchi marta ish so’rab murojaat
qilayotgan (avval xech qaerda ishlamagan)
hamda qandaydir sabablarga
ko’ra avvlgi ishidan, ish haqi (mehnat daromadi)dan mahrum bo’lib qolgan
shaxslar toifalari o’zaro farq qiladi.
Birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi (mutaxassisligi) bo’lmagan
shaxsalar mehnat birjalariga ish so’rab murojaat qilganlarida ular dastlabki
kasb tayoyrgarligini talab qilmaydigan ish bilan ta’minlanishlari, bunday ish
topish imkoniyati bo’lmagan taqdirda esa, ularning yoshi va boshqa
hususiyatlarini hisobga olgan xolda haq to’lanadiga
boshqa ish, shu
jumladan vaqtinchalik ish bilan ta’minlanadilar xamda bu toifadagi shaxslar
uchun ana shunday ishlar maqbul keladigan ish sanaladi.
Avval mehnat qilgan, ya’ni ishdan va ish haqidan (mehnat
daromadidan) mahrum bo’lgan shaxslar ularning kasb tayoyrgarligi yoshi,
salomatligi, mehnat staji, avvalgi mutaxassisligi bo’yicha tajribasi, yangi ish
joyiga transportda qatnash qulayligi xisobga
olingani xolda ish bilan
ta’minlanadilar hamda ana shu talablarni to’la hisobga oluvchi ish ular
uchun maqbul keladigan ish sanalishi mumkin.
Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxs mehnat organi tomonidan o’ziga taklif
etilgan va maqbul keladigan ishni rad etishga qoida bo’yicha haqli emas. Ish
bilan ta’minlash davlat hizmatida ro’yxatga olinganidan boshlab 10 kun
ichida taklif etilgan o’ziga maqbul ishni ikki marta rad etgan shaxslar ish
qidirayotgan deb e’tirof etilmaydi va ishsiz maqomidan mahrum qilinadi.
Bunday shaxslar taklif etilgan ishni rad etgan paytlaridan boshlab 30
kalendarь kun o’tgachgina ishsiz sifatida qayta ro’yxatga olinishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasining
yangi taxrirdagi
“
Aholini ish bilan
ta’minlash haqida
”
gi qonuning 24-moddasida aytilishicha:
Davlat ishsiz shaxslarga quyidagilarni kafolatlaydi:
-ishsizlik nafaqasi to’lash;
-mehnat organlarining yo’llanmasi bo’yicha
kasbga tayoyrlash, qayta
tayoyrlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya to’lanishi hamda shu
davrni umumiy mehnat stajiga qo’shish;
-ishsiz shaxsga qaramog’idagilarni
hisobga olgan xolda moddiy
yordam berish;
-haq to’lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati;
-mehnat organlarining taklifiga binoan ishlash uchun ixtiyoriy ravishda
boshqa erga ko’chish bilan bog’liq xarajatlarini qoplash;
Ishsizlik nafaqasining miqdori, berilish muddati bir qator omillarga:
ishsiz shaxsning
avval ishlagan-ishlamaganligi, ishdan bo’shash sabablari
va boshqa bir qator xolatlarga bog’lih bo’ladi.
Ishsizlik nafaqasi ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan)
marhum bo’lgan yoki uzoq vaqt tanaffusdan keyin (bir yildan ortiq) mehnat
faoliyatini kayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslar uchun ko’pi bilan
o’n ikki oylik davr davomida yigirma olti kalendarь haftadan (182 kundan)
ortiq bo’lmagan davr davomida to’lab boriladi.
16 yoshga to’lmagan bolalari va qaramog’ida boshqa kishilar bo’lgan
ishsizlarga nafaqa miqdori 10 foiz oshiriladi.
280,3
195
324,3
206,4
399,8
229,5
1996
1997
1998
Do'stlaringiz bilan baham: