TAYANCH SO’ZLAR.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish
– ishlab chiqarish
jarayonlarini bevosita xodim ishtirokisiz, uning nazorati ostida amalga oshirish
imkonini beruvchi ishlab chiqarishni mashinalar, priborlar, asbob-uskunalar,
turli xil qurilmalar bilan jihozlash.
Ish joylarini attestasiyalash
– zamonaviy talablarga muvofiq ravishda
rasionallashtirish, har bir ish joyini, texnika jihozini, texnologiyani, mehnatni
tashkil etish va uning sharoitini, texnika xavfsizligini kompleks baholash.
Mexnat intizomi
– har bir xodimning mehnat jamoasida o’rnatilgan ish
tartibiga qat’iy amal qilish, o’z ish joyida unumli mehnat qilishi uchun butun ish
vaqtidan to’la foydalanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |