sukut saqlaydi.
Talabalarni bunday texnologiya asosida tarbiyalash va ularga ta’lim berish rivojlangan
davlatlarda allaqachon o‘z o‘rnini topgan, chunki Internet bu texnologiyani joriy etish
uchun bir qancha qulayliklarni yarata oladi.
«Talaba portfoliosi» nafaqat akademik o‘zlashtirish, balki talabaning kommunikativ
muvaffaqiyatlari, muomula madaniyati, sport va jamoat ishlaridagi faolligi bo‘yicha ham
yuritilishi mumkin. Bunday «portfolio» muhokamasida (taqdimotida) ota- onalarni ham
faol ishtirok etishlarini ta’minlash yanada yaxshi natijalarga olib keladi. Ota-onalar o‘z
farzandlari faoliyati natijalarini baholashlari uchun o‘qituvchi tomonidan yoki ekspert
guruh tomonidan taklif etilgan baholash mezonlari va parametrlaridan foydalanishlari
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |