71
Mantiq eli qilganida jonda farq,
Qildilar hayvon bila insonda farq,
So`zdin erur ma`niyi rangin murod,
Bo`lmasa ul so`zni degil gardu bod.
Kimki yomon so`zni der inson emas,
So`zki yomondir ani hayvon demas
Nishotiyning fikricha «ganji roz» dunyoda shu qadar ko`pki, uni olish bilan
turalmaydi. So`zga zebu ziynat berish lozim. Uni dilu jon deb atalmish «ayvonda»
(halbda) parvarish qilib chiqarish kerak. So`z shunday ta`sirchan bo`lsinki, uni
tinglovchi «jon» desin. So`z san`atining nazmi ham, nasri ham nozik ado bo`lishi,
latif libosga o`ralishi lozim.
Nishotiy so`z san`atining ulug`
ustozlari Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy
va Navoiyning ijodiy xizmatiga yuksak baho beradi,
ularning muqaddam kishilar
bo`lganligini va har qaysilari adabiyot sohasida alohida bir ulug` dengiz
ekanliklarini zo`r faxr bilan kuylaydi:
She`r elidin ul ki muqaddai edi,
Har biri bir bahri muazzam edi.
Durri balog`at qilib onlar nihon,
Mavji fasoqat qilur erdi ayon.
Dema alar vasfini shoir edi,
Muso edi yo`q esa sohir edi...
Shoirning e`tiroficha ular nazm elining sardaftarlari, suxon ahllari tojlarining
qimmatbaho gavharlaridir.
Nishotiyning ta`biricha, Nizomiy, Xisrav, Jomiy va Navoiylar shunday ijod
bog`larini yaratib o`tganlarki, u bog`larcha bodi xazon ziyon etkaza olmaydi, u ijod
bog`lari abadiy yashlab qola beradi. Nishotiy ana shu ulug` ustozlarning sodiq
shogirdlari singari kamtar tutib, «Husnu Dil» dostonining muallifi «g`arib» va
«mulki diyoridin benasib» bo`lgan shoir sifatida quyidagilarni yozadi:
Yozmoq erur pesha manga dam-badam,
Lek netay bo`yla yozibdir qalam.
So`zima sahvan agar eteang nazar.
To`yla xato ko`rsang agar sar-basar...
Nuqsima bordur o`zima e`tirof,
San jag`i etgil aning aybin maof...
Muncha bila dog`i bor erdim g`arib,
Mulki diyorimdan edim benasib...
Xullas, Nishotiyning «Husnu Dil» dostonida shoir yashab ijod etgan jamiyat
hayotining tasviri va umum foydasiga qaratilgan andishalar muhim o`rin tutadi.
Doston 62 bobdan iborat bo`lib, dastlabki
boblarida shoirning er, suv, osmon,
oftob, tabiat, inson (1-5 bob); Hayot, odam va uning ishqi (2-bob), muallifning
yor-diyoriga munosabati (6-bob), asarni yaratish toraddudi (7-bob), suv san`ati va
uning qadru qimmati (8-bob) haqidagi fikr va mulohazalari, his-to`yg`ulari aks
etgan.
Doston syujeti murakkab vaziyatlar, hayotiy lavhalar bilan rivojlanib boradi.
Aql-farosat, ishq-muhabbat,
ilm va hunar, do`stlik va sadoqat singari olijanob
72
insoniy xislatlar ulug`lanadi. Demak, adolat, insonparvarlik, do`stlik, obodonlik,
insoniy sevgi va ma`rifatni, so`z va so`z san`atini bunday ulug`lash,
shoir
zamonasining sharoitiga ko`ra, muhim va sharafli xizmatdir. Shoir qachonlardir
yaxshilikning yomonlik ustidan g`alaba qozonlichiga ishonadi:
Dun elining dunlig` erur peshasi,
Yaxshi eling yaxshidur andeshasi.
O`z davrida xalqning xonavayron va oyoq osti qilinishdan noligan shoir
nisbiy tinchlikka, osoyishtalikka undaydi, o`z davridagi qo`pollik va dag`alliklarga
qarshi:
Charx kibi san dag`i bo`lma dag`al-
Deb xitob qilib, g`am-alam, kulfat va mashaqqatlardan mustasno bo`lgan
yangi bir dunyo qurishni orzu qiladi:
Kim yo`q anda alamdin nishon,
Mehnatu kulfat bila g`amdin nishon...
Biroq shoirning bunday progressiv romantik fikr va g`oyalari qaloq
zamonasining sharoitlari bilan mahdudlangan-cheklangan edi. U o`z
davridagi
hukmdorlarni yaxshilikka, insofga chaqirish yo`li bilan o`z orzusiga erishmoqni
xayol qilar edi. Buning ustiga, shoir jamiyat hayotini yaxshilash haqidagi romantik
g`oyalarini xudojo`ylikka bog`laydi va baxtiyor yor bo`lib uchun «Xudo»dan lutf,
inoyat va madod tilaydi.
Shoirning kitobxonlarga mutsrojaat qilib yozgan:
Bor esa ko`p har necha sahvu xato,
Aylagil islohini oning ato.
Zayli karamdin anga yopqil niqob,
Aylamagil ruhima qahru itob...
Kabi baytlari, an`anaviy xotila torzida bo`lishidan
tashqari hikmatli
baytlardir zamonasining sharoitlari bilan izohlanadigan fikriy ojizlik orqasida
tug`ilgan «sohvu xato»lardan qat`iy nazar, asarga xalq orzusi va zamon ruhining
singdirilishi, unda nisbiy tinchlik va farovon hayot haqidagi,
yaxshilik va
muhabbatning yomonlik va ayriliq ustidan g`alaba qozonishiga ishonch kabi ilg`or
fikrlarning aks ettirilishi g`oyat muhimdir.
Mavlono Nishotiyning «Husnu Dil» dostoni ana shunday g`oyaviy-badiiy
fazilatlari bilan solaflarining dostonlaridan farq qiladi. Binobarin, «Husnu Dil»
dostoni XVIII asr o`zbek dostonchiligida g`oyat muhim o`rin egallagan ajoyib
she`riy qissadir
Do'stlaringiz bilan baham: