Go’shtni organoleptik tekshirish
Go’shtni organoleptik tekshirishda tashqi ko’rinishi, qattiq-yum-
shoqligi (konsistensiyasi), hidi, yog’ining holati, paylari, iligigae'tibor
beriladi. Go’sht yuzasining holati paypaslab ko’rib aniqlanadi. Namligi
yangi kesilgan joyiga bir bo’lak filtr qog’ozni bosib aniq-lanadi. Go’sht
yangi bo’lsa qog’oz namlanadi. Uchi o’tkir qilib yo’nilgan yog’och
tayoqcha yoki qizdirilgan pichoqni go’shtning ichiga sanchib chuqur
qatlamlaridagi to’qimalar hidi tayoqcha yoki pichoqni go’shtdan chiqarib
olib hidlab ko’rib aniqlanadi. Ro’yirost chirib, aynib qolgan go’shtni
ovqatga ishlatishga yo’l qo’yilmaydi.
Go'shtning yangi emasligini ko’rsatadigan belgilar topilsa uni sinash
uchun qaynatib pishirib ko’riladi.
53
Do'stlaringiz bilan baham: |