Bog'liq oziq ovqat maxsulotlarining sifat ekspertizasi uslubij kursatma
Qaymoqning ifloslanish darajasinianiqlash Ishning borishi Qaymoq filtrlashdan oldin tarkibidagi sut yog’ining erishi uchun 35-
40
0
С haroratgacha isitiladi. So’ngra tajribada qo’llaniladigan filtr
qog’ozi yoki paxtali filtrdan o’tkazib filtrlanadi. Filtrlangandan so’ng
paxtali filtr sal quritiladi va standartga ko’rsatilgan etalon bilan
taqqoslanadi. Ifloslanish darajasiga qarab qaymoq I, II yoki III guruhli
bo’ladi.
I guruhda – filtrda mexanik chiqindilar bo’lmaydi.
II guruhda – mexanik chiqindilarning bir oz bo’laklari bo’ladi.
III guruhda – filtrda ko’zga yaqqol ko’rinuvchan yirik yoki mayda
mexanik chiqindilar bo’ladi.
Sotuvga chiqarilgan qaymoqning ifloslanish darajasi I guruhga
taalluqli bo’lishi kerak.