M. M. Axmetjanov, sh sh. Olimov, S. S. Avezov. P e d a g o g I k mahorat



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/233
Sana06.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#432192
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   233
Bog'liq
pedagokik mahorat

Badiiy uslub. 
Badiiy uslub ijtimoiy hayot voqeliklari va shu voqelik shaxslarini 
badiiy timsollar, majoziy ifodalash usulidir. Bu uslub, asosan ko‘chma ma’noli so‘zlar, 
iboralar, xalqona so‘zlash vositalari, mahollar, ayrim hollarda sheva, jargon, vulgar 
so‘zlar, shuningdek, boshqa badiiy tasviriy vositalar:(o‘xshatish, qiyoslash, 
jonlantirish, sifatlash, mubolag‘a) lardan unumli foydalaniladi. Badiiy uslubdagi matn 
tuzishda sinonim, antonim, omonim, eskirgan va yangi paydo bo‘lgan so‘zlar o‘rinli 
qo‘llaniladi. Qisqasi, badiiy uslubda yaratilgan matnda estetik, axloqiy-tarbiyaviy va 
g‘oyaviy tuyg‘ular ustuvorlik qiladi. 
Badiiy uslubda badiiy asarlar yaratiladi. Badiiy adabiyotning barcha janrlari 
(she’r, hikoya, ertak, hissa, roman va boshqalar) shu uslub namunalari sanaladi. Bu 
uslubda fikr shunchaki xabar tarzda bayon etilmaydi, balki badiiy asar (matn) 
yaratuvchi adibning ijtimoiy hayot haqidagi tushuncha, qarash va tasavvurlari “jonli” 
yoki “yashirin” tarzda ifodalaniladi. Buni o‘quvchi faqat badiiy uslub vositalarini 
yaxshi anglagandagina tushunib etadi. CHunonchi, anor-qizil gulli daraxt yoki buta. 
Yoki shu daraxtning ichi qizil donalar bilan liq to‘la yumaloq mevasi. Agar biz:”Anor 
egik, anor mazali ekan, u yurakka quvvat beradi”- kabi gaplardan foydalanib 
suhbatlashsak, u so‘zlashuv uslubiga xos matndir. SHoira Uvaysiyning :Anor” 
chistonida u o‘z davrida yashagan ayollarning mahkumligini quyidagicha tasvirlaydi: 
Ul na gumbazdir eshigi tuynugidin yo‘q nishon 
Necha gulgunpok qizlar bunda aylabdir makon 
Alarning holidan olmoq bo‘lsam xabar, 
Yuzlarida parda tortig‘liq, turarlar bag‘ri qon. 
Anor mevasi o‘zining badiiy tasviriy ifodasini topganligini anglaymiz. 
Shu o‘rinda shunchaki his-tuyg‘u ifodalangan she’r, qo‘shiqlar ko‘payib 
ketayotgan-ligini afsus bilan eslash mumkin. Ular badiiy uslubdan yiroq, shuning 
uchun ham qanchalik dardli, hasratli bo‘lmasin, u tezda yoddan ko‘tariladi. 


162 
M
: Men sevaman, sen sevasanmi, 
Jonim, ertaga kelasanmi, 
Hech kim seni mendek seva bilmas, 
Shuni bilasanmi, bilasanmi? 
Zero, ulug‘ bobomiz A. Navoiy o‘z asarlarida deyarli “sevgilim”, “sevaman” 
kabi so‘zlarni qo‘llamaydilar. Lekin har-bir g‘azallarida uni qalban his qilib turamiz: 
Lolazor ermaski ohimdin jahonga tushdi o‘t, 
Yo‘q shafaqkim, bir qiroqdin osmonga tushti o‘t, 
baytida shoir: “U lolazor emas, jahonga ketgan olov, u shafaq emas, chegarasiz 
osmongacha ketgan olov mening ohimdir” degan fikrida bir “oh” dard-alamni 
lolazorga, shafaqqa, olovga qiyos etadi. 
Badiiy uslubaralash uslub ham deyiladi. Chunki unga boshqa uslublarga xos 
bo‘lgan shakl va ko‘rinishlar uchrab turadi. Ayniqsa, so‘zlashuv uslubi ko‘rinishlari 
ko‘p. Badiiy uslubda biror xalq vakili: jurnalist, olim, aspirant, ilmiy tadqiqotchi 
obrazlari yaratilsa, tabiiyki, shu shaxs nutqiga xos bo‘lgan so‘zlashuv me’yori 
yaratiladiki, unda ommabop, ilmiy uslublardan foydalanishga ham to‘g‘ri keladi. Biroq 
bu nutq uslubiga xos shakllar boshqa uslubga asossiz, noo‘rin qo‘llansa, fikr 
mazmundorligi yo‘qoladi, tinglovchining zerikishi va nutq loqaydligiga olib keladi. 
Xulosa qilib aytganda, nutq uslublari so‘zlovchining o‘z fikrlarini bayon etishda 
uni qaytarzda yyetkazish yo‘li, ko‘rinishini ifoda etish vositasidir. Ayniqsa, o‘qituvchi 
bu uslub turlarini yaxshi egallamog‘i, uni o‘z o‘rnida qo‘llay bilish mahoratini 
o‘zlashtirmog‘i lozim. Zamon, jamiyatimizning har bir sohasida nutq uslublarimizning 
turli ko‘rinishlari ularda muomalaga va munosabatning asosiy talablari sifatida muhim 
ahamiyat kasb etadi. 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish