So‘zlashuv uslubi
So‘zlashuv uslubi- ikki yoki undan ortiq kishining o‘zaro so‘zlashuvi, suhbati va
muloqoti vaziyatida kechadigan og‘zaki nutq shaklining ko‘rinishidir. So‘zlashuv
uslubi erkin uslub ham deyiladi. Chunki ijtimoiy hayotda har bir shaxs o‘z orzu- istak,
tashvish va qarashlarini o‘zi xohlagan tarzda, ona tilimizdagi bor bo‘lgan, his qilgan
so‘zlari orqali bayon etadi. Bunday paytda u o‘z shevasidan, o‘z kasbiga xos bo‘lgan
so‘zlardan, piching, hazil-mutoiba, erkalash, maqol va latifa yoki boshqa unsurlardan
ham foydalanishi mumkin.
156
So‘zlashuv uslubida, bundan tashqari, quyidagilar ham qo‘llaniladi:
- imo-ishoralar,
- nutqda so‘zlarni qisqartirish (Zulfiya-Zulya, Nargiza-Nargiz)
Nutq orasida noo‘rin ruscha, chet so‘zlarni qo‘llash ( tak, znachit, uje, daje, va
hokazo);
Parazit(takror) so‘zlarni qo‘llash (demak, o‘sha, nima, anavi, masalan va
hokazo);
Sheva (sigir-inak, supurgi- jo‘rob, tovoq-tavaq, buzoq- go‘sala, qazon- qozon, do‘ppi-
kalapo‘sh) grammatik vositalarni xohlagancha qo‘llash:-lar-la: kelinglar, boringla, -
aytayapman-aytopman, kelopman.
Jargon, argo va vulgar so‘zlar: go‘zalim-asalcham, qushcham, kabutarcham kabi,
vulgar: yaramas, iflos kabi so‘zlar;
Yangi paydo bo‘lgan so‘zlar: biznes, sotka(qo‘l telefon), kompyuter, dollar va
hokazo;
So‘zlashuv uslubida ijtimoiy hayotning turli toifadagi kishilari o‘zlarining
hayoti, nutqiy tajribalari asosida ish ko‘radilar. Umumiy iste’moldagi so‘zlardan
foydalanadilar. Shu bilan bir qatorda har bir toifa kishilari orasida ham madaniy nutqqa
intiluvchi shaxslar uchraydi. So‘zlashuv nutqini go‘zal, adabiy til me’yorlariga mos
tarzda tashkil etuvchi kishilar borligi nutq madaniyatini ijtimoiy hayot talablari
darajasida ko‘rishga intiladilar. Bu esa ajdodlarimizdan ma’naviy meros bo‘lgan ona
tilimizga cheksiz hurmat namunasi bo‘lgan ruhiy, hissiy vatanparvarlik namunasidir.
Ana shu milliy madaniy tuyg‘uni his etgan har bir shaxs adabiy til me’yorlariga qat’iy
rioya qilib so‘zlashuv nutqini yanada yuksak ko‘rinishga ko‘tarishga intilmog‘i lozim.
So‘zlashuv nutqi ijtimoiy hayotda ega ko‘p qo‘llanadigan uslub turi bo‘lib, u quyidagi
ijobiy xususiyatlarga ega:
- so‘zlovchi tinglovchini ko‘rib turadi, unda o‘z nutqining ta’sirchanligini his qiladi;
- so‘zlovchining nutqi sodda, qisqa, mazmunan ta’sirchan bo‘lishga erishmog‘i lozim;
- nutqda har gap, so‘z, ibora, maqol, latifa, rivoyat yoki dalil so‘zlovchining
bildirayotgan maqsadiga, fikrining mohiyatiga haratilmog‘i lozim;
- suhbat o‘zaro hurmat, samimiyat va yuksak insoniy fazilatlarga asoslangan bo‘lishi
157
lozim. So‘zlashuv uslubining o‘ziga xos yutuq va kamchiliklari mavjud. YUtuqlari:
- tinglovchi ko‘z oldingizda bo‘ladi. Uning sizning nutqingiz, so‘zingizdan qanchalik
muttaa’sir bo‘layotganligini ko‘rib turasiz;
- so‘zlashuv uslubida tinglovchi bilan siz o‘rtangizda vaqt har doim ham chegaralangan
bo‘lmaydi. Xohlagan paytda muloqotda bo‘lish imkoniyati mavjud bo‘ladi;
- so‘zlashuv uslubida ko‘pincha tayyorgarliksiz muloqotga kirishiladi;
- tinglovchiga javobingiz yoki zarur fikrlaringizni qisqa, oson bayon eta olasiz, buning
uchun hech qanday vosita kerak bo‘lmaydi.
Kamchiliklari:
- so‘zlashuv uslubida ko‘pincha tayyorgarliksiz muloqotga kirishiladi; so‘z, gap va
fikrlar uzviyligi har doim ham tartibli bo‘lavermaydi;
- so‘zlashuv uslubida fikrlar, munosabatlarning barchasi ham barqaror emas, doimiy
esga saqlanib qolavermaydi. O‘zaro suhbat, so‘zlashuv vaqt o‘tishi bilan tez esdan
ko‘tariladi, unutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |