Ilmiy uslub.
Ilmiy uslubda darslik, monografiya, doktorlik, nomzodlik ishlari,
ilmiy-usuliy risola yoki qo‘llanma, ilmiy maqola, bitiruv malakaviy ish, kurs ishi va
referatlar yoziladi. Ilmiy uslubning asosiy talabi ijtimoiy hayot voqealiklarini aniq
daliliy materiallarga tayangan holda kichik axborotlar asosida matn yaratishdir.
Bundan tashqari, mantiqiy fikrlash, fikrni tahlil qilish, umumlashtirish va ma’lum bir
xulosaga kelish, fikr natijasiga erishish ilmiy uslubning xarakterli xususiyatlaridir.
Fan -texnika, madaniyat va san’at sohasida yoziladigan darslik, ilmiy to‘plam va
jurnallardan ilmiy maqolalardagi asosiy xususiyat shundaki, undagi har bir soha, fanga
xos ilmiy atamalar, formula, jadval va xulosalardan foydalanish ilmiy uslubni tashkil
etuvchi vositalar bo‘lib xizmat qiladi.
Ilmiy uslubdagi matnlar ham monologik tarzda bo‘lib, bu nutq ko‘rinishida
ko‘chma ma’noli so‘z, majoz, o‘xshatish, jonlantirish, maqol kabi badiiy tasviriy
vositalar deyarli qo‘llanilmaydi. Ilmiy uslubdagi matnlar ma’lum bir mutaxassislik
159
doirasida yaratilib, asosan shu mutaxassislik egalariga qaratilgan bo‘ladi. Binobarin,
bunday matnlarda o‘sha mutaxassis sohasiga boshlangan atamalar (masalan
tilshunoslik- frazeologiya, morfologiya, sintaksis, adabiyotshunoslik- janr, tur,
jonlantirish, tibbiyot: kardiologiya, endekrilogiya , tashxis, biologiya, aorta va vena
qon tomirlari, hujayra va qon), qoidalar, dalillar( ko‘pincha raham tarzida), chizma,
jadval, ko‘rsatkich, formula va turli xil belgilardan foydalaniladi.
Ilmiy uslubda matnlarning hozirgi paytdagi asosiy xususiyati shundaki, unda
matnga qo‘yilgan sarlavha asosiy g‘oya bo‘lib, sarlavha mazmunini ochishga olimlar,
mutaxassislar mavzuga doir qilingan ishlarni yoritib, o‘z fikrlarini boshqa
mutaxassislar qarashlari bilan u yoki bu tarzda munosabatga kirishishda va uni
asoslashda parcha ( iqtiboc) keltirish orqali o‘z fikrlarini boyitadi, (manba) ko‘rsatkichi
(nashri, chiqarilgan yili, beti). YOxud ayrim hollarda boshqa mutaxassis fikr va
qarashlari rad etiladi. Matn muallifi masalaga doir o‘zining qarashi yoki pozitsiyasini
bildiradi. Shu asnoda matn sarlavhasidagi masala xususida o‘z xulosa va natijalariga
erishadi.
Ilmiy uslubdagi matnlarning yana quyidagi xususiyatlari mavjud:
-muallif ko‘pincha o‘zi amalga oshirgan ishlarni bir ishga (men tarzda emac) ko‘plik
imkonidagi olmosh bilan (biz tarzida) ifodalaydi;
-qo‘shma gaplardan, xususan, bog‘langan, ergashgan va bog‘lovchisiz qo‘shma
gaplardan ko‘p foydalaniladi;
-kirish so‘z, birikma va kirish gaplar ham tez-tez uchraydi;
-deyarli gaplarning odatdagi tartibida fikrlar bayon etiladi;
- qo‘llaniladigan yangi atamalarga izoh beriladi;
- fikrni adabiy tilning yuksak ilmiy uslubida bayon eta olish , fikrlar barqarorligida
turish, fikrni bayon etishda ilm namoyandalari nazariyasidan turib yoritish, uni dalillay
olish, hozirgi davr qarashlari asosida tahlil etish, u yoki fikrni boyitish, inkor qilish
madaniyatiga ega bo‘lishi, mutaxassislar shaxsiyatiga tegmaslik, fikrlarni
umumlashtira olish, shuningdek, muallifning o‘z xulosa va qarashlari natijasiga
erishish malakasi mavjud bo‘lmog‘i lozim.
Shunday qilib, ilmiy uslubda matn yaratish mehnat faoliyati bo‘lib, har bir oliy
160
mutaxassislikka ega bo‘layotgan shaxs bu uslub talablarini ta’limning ilk bosqichidan
egallab bormog‘i lozim. Talaba shu davrdan boshlab, kichik ilmiy uslubdagi matn,
maqola, referat va kurs ishlarini yozish malakasini egallashi, bu sohada tajriba to‘plab
bormog‘i lozim. Ana shundagina u bitiruv malakaviy ish yozish tajribasi va malakasiga
atroflicha ega bo‘ladi. Shundagina o‘z mutaxassisligiga xos bo‘lgan sohalar bo‘yicha
erkin va amaliy mulohazalarni ifoda eta oladi.
Ilmiy uslub har bir shaxsning o‘z mutaxassisliklari darajasidagi tajriba va
malakasini namoyon etuvchi nutq ko‘rinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |