M. M. Axmetjanov, sh sh. Olimov, S. S. Avezov. P e d a g o g I k mahorat



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/233
Sana06.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#432192
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   233
Bog'liq
pedagokik mahorat

Pedagogik texnika
– bu o‘qituvchi faoliyatining (xatti-harakatlarining) 
tashkiliy shakli. Pedagogik texnika ikkita katta guruhda farqlanadi: 
birinchisi:
o‘z-o‘zini boshqarish malakasi (gavdasini, gavda a’zolarini 
boshqarish malakasi), hissiy holatini boshqara olishi, nutq texnikasi va madaniyatini 
o‘zlashtirishi;
ikkinchisi:
bu, asosan, didaktik malaka va ko‘nikmalar, tashkilotchilik
kommunikatsiya, dars konstruksiyasi va boshqa qobiliyatlarning majmuasidan tashkil 
topganligi. 
Pedagogik vazifa
- ongli ravishda yuzaga keltirilgan pedagogik vaziyat bo‘lib, 
uning bosqichlari oldindan rejalashtiriladi. Pedagogik vaziyat to‘satdan (tasodifan) 
yuzaga keladigan pedagogik vazifa, yoki vaziyat va o‘zaro munosabatlarning 
muammoli holatidir. 
Pedagogik faoliyat jarayonida o‘qituvchi yuzaga kelgan vaziyatning chalkash 
“zanjirlarini” tartibga keltiradi. Masalan, dars boshlandi. Lekin sinfda o‘quvchilar 
janjallashib qoldilar. Bu pedagogik vaziyat.
O‘qituvchining vazifasi shu vaziyatlarning yyechimini rejali, bosiqlik bilan hal 
eta olish hisoblanadi. Sinfda yuzaga kelgan muammolarning yyechimini topish 
o‘qituvchining vazifasidir. Pedagogik vazifaning yyechimini topishning bir nechta 
bosqichlari mavjud: 
1-bosqich:
vaziyatni tahlil etish va muammoni chuqur fikrlash. Tajribasiz 
o‘qituvchi yuzaga kelgan vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlanmadi, demak 
vazifani hal etish uchun qabul qilingan qaror ham ko‘pincha xato bo`ladi. 
2-bosqich:
kelishmovchilikni, nizoni keltirib chiqargan butun pedagogik 
jarayon keng va chuqur tahlil etiladi. O‘quvchining asab va ruhiy holatini, oilaviy 
sharoiti, o‘rtoqlarining ta’siri va boshqa omillar, ayniqsa, o‘quvchi o‘zining xatti-


60 
harakatini chuqur tahlil etishi kerak. Natijada yuzaga kelgan pedagogik vaziyatning 
sabablari va motivlari ayon bo‘ladi. 
3-bosqich:
pedagogik vaziyat va pedagogik vazifa haqida faraz, taxmin ilgari 
suriladi. Qanday pedagogik chora va vositalardan, usul va metodlardan foydalanish 
haqida qaror qabul qilinadi hamda asta-sekinlik bilan amalga oshriladi. Ammo 
vazifani hal etishda biror bir uslubdan foydalanish imkoniyati bo`lmasa, bu uslub 
boshqasi bilan almashtiriladi. Shuni unutmaslik kerakki, sinfda yuzaga kelgan 
pedagogik vaziyatning asl sababini o‘qituvchi, avvalambor, o‘zidan axtarishi kerak. 
Shuningdek, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini, yosh bosqichlarini, 
oilaviy sharoitlarini, intellektual qobiliyatlarini hisobga olgan holda, ularni har 
tomonlama yetuk, barkamol shaxs sifatida rivojlanishlari o‘qituvchi pedagogik 
mahoratining ajralmas qismlaridan biri hisoblanadi. Demak, pedagog har tomonlama 
rivojlantirishga yo‘naltira oluvchi shaxsdir. Albatta, quruq axborotlar hech kimni 
qiziqtirmaydi. Shuning uchun ham o‘qituvchi o‘z darsini qiziqarli o‘tishga, materialni 
his-tuyg‘u bilan berish uchun ovozidan, yuz qiyofasidan, xatti-harakatlaridan 
foydalanadi hamda darsning ta’sirchanligini oshirishga harakat qiladi. O‘quvchilarda 
ijobiy his-tuyg‘u uyg‘otgan axborot mustahkam bo‘ladi. Psixologiya fanida 
ko‘pincha his-tuyg‘uni, axloqiy, intellektual, mehnat va estetik his-tuyg‘ular 
farqlanib, ularni chaqiruvchi omillar bo‘yicha turlarga ajratadilar. 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish