PANTOMIMIKA
- bu o‘qituvchining gavdasi, qo‘l, oyoq harakatini tartibga
soluvchi uslubdir. O'qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida o‘quvchilar bilan
muloqoti, muhim ahamiyat kasb etishi, barchaga ma’lum. Biroq o‘quvchilar bilan
65
muloqotda o'qituvchining pantomimikasi, ya’ni, gavda, qosh, oyoq harakati to‘g‘ri
ifodalanmasa, ta`lim - tarbiyaga asoslangan muloqot natija bermasligi mumkin.
O'qituvchi o‘z gavdasi, qoshi, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday
pedagogik malumotlarning obrazini “chiza” olsa, o‘quvchilar bundan zavqlanadilar,
ular ichki his-tuyg'ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo‘shilib butun ongini o‘quv
materiallari mazmunini o‘zlashtirishga qaratadilar. Pantomimika gavdani rost tutib
yura bilish, qo‘l va oyoq harakatlarining bir - biriga mosligi, fikrlarini aniq va to‘liq
bayon qilib, qo‘lini, boshini turli harakatlarda ifodalashi, o‘qituvchining o‘z bilimiga,
kuchiga ishonchini bildiradi. Shuning uchun, o'qituvchining o‘quvchilar oldida o‘zini
tuta bilish holatini tarbiyalashi lozim. (oyoqlari 12-15 sm. kenglikda, bir oyog`i sal
oldinga surilgan holda turish). O'qituvchining yurishi, qo‘l va oyog`i orqali imo-
ishoralari ortiqcha harakatlardan holi bo`lishi kerak. Masalan auditoriyada orqaga va
oldinga tez-tez yurish, qoidasi bilan turli imo-ishoralar qilish, boshini har tomonga
tashlash va hokazo. Bunday holat dars davomida o‘quvchilarning e’tiborini bo`lib,
g`ashini keltiradi va o‘rganilayotgan fanga, o‘qituvchiga nisbatan hurmatsizlik
kayfiyatini uyg`otadi.
O'qituvchi mashg'ulot o'tish jarayonida faqat oldinga yurishi tavsiya qilinadi.
Uyondan, buyonga yurish talabalarfikrini bo'ladi. U tomonga yurayotganida o'qituvchi
muhim voqealarni bayon qilishi mumkin, chunki, bunda talabalar o'qituvchini butun
diqqatlari bilan eshitayotgan bo 'ladilar.
O'qituvchining pantomimik harakatlari tizimida o‘z hissiy holatini boshqara
olishi muhim ahamiyatga ega. O'qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida qizg‘in
kuzatuv ostida bo`ladi. Uning kayfiyatida o'zgarishlar pantomimik harakatlarida
namoyon boladi. Shu tufayli o'quvchilarga ta`lim-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish
jarayonida (dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar paytida, tarbiyaviy ishlar
jarayonida) o‘z hissiyotini boshqara olishi, jiddiy bo`lishi, umidbaxshlik, xayrixohli
kayfiyatida bo‘la olish qobiliyatlariga ega bo`lishi zarur. Pantomimik harakatlar tizimi
o‘qituvchiga birdaniga paydo boladigan ko‘nikma emas. Buning uchun o'qituvchi o'z
ustida tinimsiz ishlashi, ilk pedagogik faoliyati davrida kamchiliklarini tezda topib,
bartaraf eta olishi darkor. Chunki, yillar davomida o'qituvchi o‘zining har bir
66
harakatiga moslashib, odat qilib olishi mumkin. Mukammal pantomimik malakalarga
ega boigan o'qituvchi o'z-o‘zini nazorat qila oladi. Ko‘p yillik faoliyati davomida
soglom asab tizimini o‘zida tarbiyalab asabiylashishdan, hissiy va aqliy zo'riqishlardan
o‘zini saqlay oladi:
sport bilan muntazam shug‘ullanib borishi;
yoshlar psixologtyasiga oid bilimlarni doimiy o`rganib borishi;
o‘quvchilarga nisbatan xayrixohlik va optimizmga» ega bolishi;
o‘z harakatini nazorat qilishi (muskul zo‘riqishini, qosh, oyoq, va bosh);
harakatini, nutq sur’atini bir maromda saqlashda nafas olishini tartibga
solish;
madaniy hordiqni to‘g‘ri uyushtirishi (dam olishi, o‘z sogligiga doimiy
e’tibor, lirika, musiqa, yumoristik hajviyalarni sevib o‘qiy olish);
o`z-o`ziga tanqidiy munosabatda bo‘lib, ta’sir ko‘rsata olish.
O'qitish samaradorligini oshirish va ijobiy, tarbiyaviy ta’sir ko'rsatish uchun
o'qituvchining harakatlarida aktyoriik va rejissyorlik malakalari ham mujassamlashgan
bo`lishi lozim. Xususan, gumanitar fanlar o'qituvchilari aktyorlik qobiliyatiga ega
bolishlari lozim. Ma’lurn mavzular, obrazlar, tarixiy qahramonlar haqida so’zlaganda
aktyorlik, rejissyorlik malakalari zarur. Ular, o‘qituvchiga o'quvchilarning his-
tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatishda, mavzu qahramonlariga nisbatan hissiy-qadriatli
munosabatda bolish tajribasini o'zlashtirishiga yordamlashadi.
Pedagogik texnika malakalari o'qituvchining maxsus fanlar bo'yicha bilimlarni
egallash, pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilish, o‘z kasbiga qiziqish, burch
hamda mas`uliyatni his qilish asosida oshiriladi. Ular yoshlarni o'qitish, tarbiyalash,
tashkil qilish, targ'ibot qilish, mustaqil bilim olish ishlariga yordam beradi.
O'qituvchining tashqi ko'rinishida nutq texnikasi, his-tuyg'ularini boshqara olish.
mimik va pantomimik malakalar bir qolipda mukammal olib borilganda ko‘zlangan
maqsadga albatta erishiladi. Bunda, so'z, gap ohangi, qarash, imo-ishoralar, kutilmagan
pedagogik vaziyatlarda uddaburonlik, osoyishtalik bilan ziddiyatdan chiqish, voqelikni
oldindan ko‘ra olish va adolatli tahlil qilishga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Bu xu-
susiyatlar o'qituvchining shaxsiy, individual psixik, fiziologik fazilatlari asosida tarkib
67
topadi. Pantomimik harakatlarni boshqarishda ham o'qituvchining individual
pedagogik texnikasi, yoshi, jinsi, mijozi, fe’l-atvori, sihat-salomatligi va anatomik-
fiziologik xususiyatlari muhim ahamiyatga ega.
O'qituvchi, avvalo, tarbiyachi sifatida o'zida yuqoridagi malakalarni
shakllantirishi, ularning mazmunini chuqur o'zlashtirib, pedagogik texni- kani
egallashning imkoniyatlaridan foydalanishi kerak. Shunda, u o'qituv- chini pedagogik
mahorat sari yetaklaydi. Shunday qilib, o'qituvchining tashqi ko'rinishi ham pedagogik
texnikaning muhim xususiyatlaridan biri bo'lib - tarbiyalanuvchilarga ko'rib, eshitib
turgan narsalarini erkin fikrlash orqali, o'z mulohazalarini mustaqil, cho'chimasdan
o‘qituvchiga yetkazish imkoniyatini beradi. "Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni,
hazillashishni, quvnoq, yoki jahldor bo'lishni bilishi lozim, u o'zini shunday tutishi
kerakki, uning har bir harakati, yurish-turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin” - deb
yozgan edi taniqli pedagog A.S. Makarenko.
O'qituvchining tashqi ko'rinishi pedagogik texnikasini namoyon etuvchi muhim
xususiyatlaridan biridir. Har qanday insonning tashqi ko'rinishi atrofdagilarga estetik
ma'no va zavq kasb etib, doimiy e't borda boiishini unutmaslik kerak. O'qituvchining
tashqi ko'rinishi asosan namoyish etuvchi muhim hususiyatlari uning chehrasidagi
mehribonlik, jiddiylik, yurishida bosiqlik, tabiiylikdir. O'qituvchi sinfga kir shi bilan
so'zsiz o'quvchilar e'tiborida bo'ladi, ular bilan muloqotga kirishadi.
Sinf sahnasida bajarilayotgan uning xoh ijobiy, xoh salbiy xatti - harakatlari
o'quvchilarga ta'sir o'tkaza boshlaydi. Ayniqsa, yosh o'qituvchilar ilk bor darsga
kirishlaridan oldin his-hayajonini, qo'rquvii yengishlari, o'zlarini erkin tutishlari,
birinchi dars paytida sodir bo'lisl mumkin bo'lgan har qanday muvaffaqiyatsizlikdan
o'zlarini yo'qotmasliklari lozim.
O'qituvchining tashqi ko'rinishida, pedagogik texnikasi tizimidaj mimik,
pantomimik holatlar muhim ahamiyatga ega. O'qituvchining xatti-harakatini bevosita
namoyish etuvchi mimik va pantomimik ifodasi, o'qituvchining imo-ishorasida,
ma'noli qarashlarida, rag'batlantiruvchi yoki istehzali tabassumida namoyon bo'ladi va
ular o'qituvchi-tarbiyachining pedagogik ta'sir ko'rsatishida, mashg'ulotlarni samarali
va mazmunli o'tishida puxta zamin tayyorlab beradi.
68
O'qituvchining tashqi ko'rinishida nutq texnikasi, his-tuyg'ularini boshqara
olish, mimik va pantomimik malakalar bir qolipda mukammal olib borilganda
ko'zlangan maqsadga albatta erishiladi. Bunda so'z, gap ohangi, qarash, imo-ishoralar,
kutilmagan pedagogik vaziyatlarda uddaburonlik, osoyishtalik bilan ziddiyatdan
chiqish, voqelikni oldindan ko'ra olish va adolatli tahlil qilishga asoslanish maqsadga
muvofiqdir. Bu xususiyatlar o'qituvchining
Do'stlaringiz bilan baham: |