Jismoniy tarbiya -
Bolaning jismoniy xususiyatlarini anatomik, fiziologik, asab
va boshqa tizimlarini har tomonlama rivojlantirish, sog’lom
hayot kechirishning afzalliklari, shart-sharoitlari asoslari
hamda jismoniy madaniyatining odatdagi zarur elementlarini
mustahkam tarzda shakllantirish.
Kasb -
Muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyat
turi. Unga umumiy yoki maxsus ma`lumotlar hamda amaliy
tajriba yo`li bilan erishiladi.
Ko`chma ma`noli
so`z
O`z, asl ma`nosidan tashqari, gap yoki matn ichidagi ma`nosi.
Qo`li gul har ishga mohir, ish ustasi.
Ko`nikma -
Malakaning tarkibiy qismi bo`lib, harakatning ayrim
qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda
o`z-o`zidan bajarilish qobiliyatini ifodalaydi va o`quvchilarda
ko`p marta takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga
keladi.
Konspekt -
Bayonning kurinishlaridan biridir. Konspekt 3 xil bo`ladi:
tulik, kiska, tezisli.
Tulik
konspektda matnning mazmuni
muallif fikrlariga ba`zi bir izoxlovchi gaplar kiritilishi orkali
keng bayon kilib beriladi.
Kiska
konspektda matndagi eng
muxim deb xisoblangan fikrlar bayon etiladi.
Tezisli
konspekt manbaning asosiy koidalarini,eng muxim fikrlarini
ajratib olishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |