o‘qituvchi nutqining mantiqiyligi
deyilganda, yaxlit bir tizim asosida tuzilgan, fikr va mulohazalar rivoji izchil
bo‘lgan, har bir so‘z, ibora aniq maqsadga muvofiq ishlatiladigan nutq
tushuniladi.
Nutqning tozaligi
– O‘qituvchi nutqining tozaligi, avvalo uning adabiy til
lisoniy normalariga muvofiq kelishi bilan belgilanadi. O‘qituvchining chiroyli va
mazmunan boy nutqi hozirgi o‘zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo‘lishi,
g‘ayriadabiy til unsurlaridan holi bo‘lishiga qarab baholanadi. Nutqning toza bo‘lishiga
halaqit beruvchi unsurlar: dialektizm va varvarizmdir. Zero, ushbu unsurlar badiiy
adabiyotda ma’lum bir badiiy – estetik vazifani bajarsada, o‘qituvchining dars
jarayonidagi va tarbiyaviy faoliyatidagi nutqida ishlatilmasligi kerak. O‘qituvchi
doimiy ravishda idoraviy atamalarni, rasmiy so‘z va iboralarni noo‘rin ishlatishi o‘z
nutqining notabiiyligiga, ishonchsiz chiqishiga sabab bo‘ladi. Natijada o‘quvchilar
ta’lim–tarbiyasida o‘qituvchi tomonidan ishontirish metodi orqali qo‘llaniladigan
fikrlarni bayon etishga putur etadi.
Xulosa qilib aytganda, mantiqiy nutq deganda, ilmiy bir tizm asosida
shakllangan, fikrlar rivoji izchil bo‘lgan, har bir so‘z o‘zaro bir-biri bilan mazmunan
uzviy bog‘langan, aniq maqsadni yuzaga chiqarish uchun qaratilgan nutqni
tushunamiz.
O‘zaro muloqotda nutq tozaligi muhim o‘rin tutadi. Nutq tozaligi ham fan
atamasi bo‘lib, u har bir shaxsning nutq madaniyatini aniq namoyon etuvchi
xususiyatdir. Adabiy tilga xos bo‘lmagan til unsurlaridan foydalanmaslik, undan nutq
210
jarayonida qo‘llamaslikka erisha olish nutq tozaligi deyiladi. Nutq tozaligi shaxsning
tilga nisbatan go‘zal madaniyatini namoyon etishini ko‘rsatadi. Chunki nutq shaxsiy
faoliyat bo‘lsa-da, nutq takomili uchun xizmat qiluvchi til vositalari esa
ajdodlarimizning ma’naviy merosidir. Zotan, nutqimiz tarkibidagi har bir til birliklari
bizga undan xohlaganday foydalanish maqomini bermaydi. Ajdodlarimiz merosi
bo‘lgan til vositalari ma’nosi, so‘z yasash zamonaviyligi, qo‘llanish o‘rniga ko‘ra
o‘ziga xos talablarga ega. Bu talablarni egallash nutq madaniyati, shuningdek, nutq
tozaligini belgilaydi.
Nutq tozaligiga bir qancha til unsurlari xalaqit beradi. Ular quyidagilardan
iborat: sheva, varvarizm, vulgar, argo, chetdan kirib qolgan so‘zlar, parazit so‘zlar.
Nutq tozaligiga asosiy raxna soluvchi unsur dialektizmlardir. Shevalar har bir
kishining o‘z hududi ta’sirida uning nutqidan tabiiy tarzda joy oladi. Shuning uchun
adiblar badiiy asarlar yaratayotganda qahramonlarning qaysi hududdan ekanligini
ko‘rsatish maqsadida shevadan foydalanadilar. Bu sheva so‘zlari umumadabiy tiliga
yaqinroq bo‘lib, ma’nosi jihatidan xalqqa ma’qul bo‘lsa, uni o‘z nutqida qo‘llayveradi.
Chunonchi, Abdulla Qahhorning “Sinchalak” povesti nomi ham sheva sanaladi. U
adabiy tilda chittak ma’nosini ifodalaydi. Shunga qaramay, sinchalak so‘zi ham hozirgi
kunda sinonim tarzda qo‘llanadi. Bundan tashqari, nutqimizdagi shunga o‘xshash
sheva so‘zlari qo‘llanadiki, uning go‘yo adabiy tilga oid so‘z sifatida qabul qilish
mumkin: Masalan, emin-erkin (asta-sekin) burda-burda, ibi (ie) va hakozo. Bunday
so‘zlarning ko‘pchiligi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ham keltirilgan.
Dialektizmlar so‘zlarning imloviy to‘g‘ri yozishda katta ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi
paytda “afv etmoq” so‘zining yozilishida xatoga yo‘l qo‘yiladi. Buning sababi bu so‘z
(etimologik jihatdan arabcha) tojikcha so‘z ta’sirida avf shaklida tilimizda qo‘llanish
bo‘lsa, ikkinchidan shevada “avf” tarzida qo‘llanishidir. Bu so‘z adabiy tilda
“kechirim, uzr ma’nosini ifoda etadi. “ Sizdan bu ulug‘ gunohim uchun afv so‘rab,
haydalgan o‘g‘lingiz- Otabek Yusufbek Hoji (A. Qodiriy. O‘tgan kunlar) Shuningdek –
lik o‘rin-joy yasovchi qo‘shimcha ham –li so‘z yasovchi qo‘shimcha bilan almashinib
ketishida shevaning ta’siri kattadir. Bolalik uy bozor, bolasiz uy mozor. To‘g‘ri, garchi
–lik affiksi oldin tilimizda belgi ma’nosini anglatgan: (Faqat bir-birisiga harshi o‘tirgan
211
yosh (Anvar va Ra’no-Sa) ma’nolik ko‘z urishtirib kulimsidilar (A. Qodiriy.
”Mehrobdan chayon ”O‘zbekiston. 1985, 136-bet. ). Lekin hozirgi adabiy tilimiz
me’yoriga ko‘ra, -li: (ma’noli) tarzda qo‘llanmog‘i lozim. Binobarin, adiblar asar
qahramoning qaerlik ekanligini ko‘rsatish maqsadida shevadan foydalanadilar. Quyida
A. Qodiriy buxorolik yigit obrazini uning nutqi orqali mahorat bilan tasvirlagan:
-Iybi, iybi-dedi Rahim- burodaring ahvolini gapur-da, axe. Barpadari uyquki, peshinga
chiqin bo‘lsa, ko‘chag‘a bo‘lib etgan to‘palangni go‘shingga ilasanmi? (Mehrobdan
chayon” 226-227 betlar).
Bu parchada “iybi (ie), burodor (birodar), gapur (gapir) axe(axir), Barpadari
(padariga qusur), chikin (-gacha), ko‘chag‘a(ko‘chaga), to‘palang (to‘polon), go‘shing
(qulog‘ing), ilasanmi? (olasanmi? Yoki eshityapsanmi?) kabi sheva so‘zlari kiritilgan.
Nutqda varvarizmlar (boshqa bir tildan olingan yoki boshqa bir tildagi so‘zlar va
iboralarga taqlidan yasalgan, tilga xos bo‘lmagan so‘zlar va ibora lar ham nutq
tozaligini buzadi. Yozuvchi A. Qodiriy Solih Maxdum obrazini yaratishda uning
nutqida bir qancha fors-tojik so‘zlarni bo‘lishini e’tirof etadi-da, unga amal
qilmasligini tasvirlab, axloqiy kamchiligini tasvirlaydi: Ma’na kofi chisb, ay afsat. .
(Har bir ishida ham “avsat”, ya’ni o‘rtamiyonalik mezondir) deb, oshni paqqos-
badnafslik bilan tushiradi. . (Mehrobdan chayon” 136-bet).
Bizning fikrimizcha, badiiy adabiyotda adiblar tomonidan shevalarning ko‘p
kiritishga ishtiyoqmandlik harakati ham adabiy til me’yorlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
To‘g‘ri, dialektizmlarning ayrim elementlari adabiy tilimizning boyligi uchun xizmat
qilishi mumkin. Bu esa dialektizm va adabiy til me’yori doirasida me’yorni belgilash
tilimizdagi muhim masalalardan biri sanaladi”.
Nutqda vulgarizmlar ham nutq tozaligi va sofligiga putur yetkazadi.Vul’gar
so‘zlar-(ruscha vul’garnqy”-O‘ta-ketgan dag‘al, qo‘pol, odobdan tashqari so‘zlar.
Adiblar badiiy adabiyotda vulgar so‘zlardan, asosan, ikki maqsadda foydalanadilar.
Birinchisi, qahramonlarning dag‘alligi, odobsiz, madaniyatsizligini tasvirlasa, : (“O‘le,
cho‘chqa, oyog‘imni bosding –dedi yo‘lovchi (suhbatdan). Ikkinchisi, qahramon
nafrati, g‘azabini aks ettirish maqsadida ijobiy obrazlar nutqida ham beriladi:
Sharifboy yostiqdan burilib yonidagi uchinchi yigitga haradi:
212
-Pala’nat (padaringga la’nat), qachon kelgan ekan? (A. Qodiriy”Mehrobdan chayon
225-bet)xuddi shuningdek, jargon (biror ijtimoiy yoki kasbiy guruhning shu guruh didi
va talabalariga mos so‘z va iboralari bilan adabiy tildan farq qiladigan mutaxassislik
tili) va (faqat ma’lum guruh kishilari tushunadigan shartli til: argo) lar ham nutq
sofligini buzadi. Masalan: saroyning qozilik tabaqasiga mansub: obijannat-sharob,
bog‘i eram-go‘zal kanizak, kabi jargon so‘zlar uchraydi. Ayrim talabalar guruhi
nutqida esa “hachcha”, “tanka”, argo so‘zlari qo‘llaniladi. Bundan tashqari, hozirgi
paytda nutq tozaligi va sofligini buzuvchi unsurlardan biri rus tilidagi so‘zlarni
muomala munosabat paytida atayin qo‘llab, o‘zining rus tilidan xabardorlik
“madaniyati” ni ko‘rsatish ma’nosida intiladigan kishilar, shaxslarning g‘ayrioddiy
nutqiy odatlari ham doimo ko‘zga tashlanib turadi. Bu ham varvarizm sanalib, ular
nutqida daje, uje, koroche, pachti, znachit, kakraz, glavnoy korpus, obshejit, kvartira,
zvanok, dejur, kontrakt, dokument, organizavat’, rozreshinie, podpis’, konechko, uspet,
zato, tembolee kabi yuzlab so‘zlarni qo‘shib, nutq tozaliligiga raxna soladilar.
Tilimizdan bunday ruscha so‘zlarni chiqarib, adabiy til sofligi uchun kurashish ham
bizdan ma’lum bir davrni va mas’uliyatni talab etadi. Hozirgi paytda tilimizda
o‘rnashib qolgan ruscha so‘zlarning o‘rniga unga mos o‘zbek tilidagi muqobil
(ekvivalent) so‘zlardan foydalanish sa’y- harakati ancha jonlanib bormoqda. Bu sa’y-
harakat esa ona tilimizga mehr-muhabbat tuyg‘usini yuksak namuna sifatida
haralmog‘i lozim.
Ayrim so‘zlarning muqobili nutq jarayonida takomiliga ega bo‘lmagach, asta-
sekinlik bilan muomaladan chiqib qolmoqda. Masalan, tuman-nohiya, samolyot-
tayyora, aeroport-tayyoragoh, stadion-o‘yingoh. Ushbu so‘zlardan o‘yingoh (goh-joy
ma’nosini ifodalovchi affikc) nisbatan qo‘llanilmoqda, qolgan so‘zlar esa allaqachon
nutqimizdan bo‘shab qoldi. Olimlarning fikricha, dunyo tillarida qo‘llanadigan so‘zlar
(ayrim atamalar singari) shu tilda muqobili bo‘lmasa, qanday qabul qilingan bo‘lsa,
(samolyot, shkaf, parta, stol, stul kabi) shunday ishlatilishini joiz deb biladilar. Biroq
vaqt o‘tishi bilan bunday narsalar ham odatiy buyumga aylanganda ularning
sharoitimizga mos muqobilini topib qo‘llasak, foydadan xoli bo‘lmaydi. Masalan,
hozirgi kunda svet –chiroq, doska- yozuv taxtasi, abzats- –xat boshi, student- talaba,
213
zayavka- talabnoma,
auditoriya-xona,
zvanok-qo‘ng‘iroq,
kontrakt-shartnoma,
vedemost-qaydnoma, para-juftlik minut-daqiqa, sekund-soniya,tarzida qo‘llanishi nutq
go‘zalligi uchun intilishdir. Nutq tozaligini buzuvchi unsurlardan biri- siyqa (parazit)
so‘zlar hisoblanadi.
So‘zlashuv nutqida so‘zlovchining o‘rinsiz fikrini jamlashga qiynalib o‘zi
sezmagan holda, odatga aylantirib takror-takror ishlatadigan so‘zlariga siyqa(parazit)
so‘zlar deyiladi. Masalan, demak, anavi, o‘sha, nima edi, nima desak bo‘ladi, xo‘sh,
ya’ni, tak kabi so‘zlardir. Bundan tashqari, nutqda to‘g‘ridan to‘g‘ri “masalan”,
“jo‘ra”, “desam”, “shu desam” kabi mustaqil so‘zlar ham qayta takror va noo‘rin
qo‘llanaverishi holatlari ham kuzatiladi. Bunday salbiy holatni A. Qodiriy Solih
Maxdum tilidan “Habba” so‘zining takror qo‘llanish orqali ham tasvirlaydi. “Habba”
so‘zi u hayajonlanganda biror gapni ma’qul topganda, ta’sirlanganda qo‘llanib, hech
qanday ma’no anglatmaydi. “Habba-dedi maxdum xursandlik bilan,- Bu to‘g‘rida
so‘zlashmagan edik, so‘zlasharmiz. U afsuslanganda ham, oddiy so‘zlashuvda
tushunilmaydi. “Habba, -dedi maxdum-endi nima qoldi; orada go‘daklik . (o‘sha kitob,
35-38 betlar)
Do'stlaringiz bilan baham: |