O’zbek adabiy tili haqida
Adabiy til – har qaysi xalq va millat ma’naviyatida ulkan ahamiyat kasb etadigan,uning ruhiy olamini moddiy shaklda yuzaga chiqarish va umumbashariy taraqqiyot uchun xizmat qildirish, el-yurtni birlashtirish, o’zlikni anglashda muhim vosita bo’ladigan buyuk ijtimoiy hodisa.Adabiy til umumxalq tilining sayqallangan,lekin, fonetik va grammatik juhatdan shu xalq shevalaridagi eng yaxshi xususiyatlarni o’zida mujassam etib,sayqallangan, hamma uchun tushunarli va ma’qul me’yorga solingan umummilliy muloqot vositasidir.Tarix va taraqqiyot jarayonida adabiy til o’zgarib,takomillashib boradi.Masalan, Alisher Navoiy davridagi o’zbek adabiy tili hozirgi zamon o’zbek adabiy tilidan farq qiladi. Istiqlol davrida adabiy tilning ma’naviy hayotimizdagi o’rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.Ayniqsa, 1989 yil 21oktabrda o’zbek tiliga davlat maqomining berilishi adabiy tilimiz rivojida mutlaqo yangi sahifa bo’ldi.Hozirgi davrda o’zbek adabiy tili milliy madaniyatimizning haqiqiy ko’zgusiga aylanib bormoqda.
O’zbek tili – turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub tillardan; yangi uyg’ur tili bilan birgalikda qarluq-xorazm guruhchasini tashkil etadi.O’zbek tili asosan, O’zbekistonda, shuningdek,Afg’oniston, Tojikiston,Qirg’iziston,Qozog’iston,Turkmaniston,Rossiya, Turkiya,Saudiya Arabistoni, Xitoy,AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan.
O’zbek tili qipchoq, o’g’uz,qarluq-chigil-uyg’ur kabi 3 ta til birligi sifatida shakllanib, murakkab dialektal tarkibi bilan ajralib turadi.
Unda 3 ta asosiy lahja bor, bular:
1) qarluq-chigil-uyg’ur lahjasi;
2) qipchoq lahjasi;
3) o’g’uz lahjasi.
Bu lahjalar tarkibidagi ko’plab shevalar fonetik,leksik va qisman morfologik jihatdan o’zaro farqlansa-da, ularning barchasi ham milliy O’zbek tilining, adabiy o’zbek tilining shakllanishida muayyan darajada ishtirok etgan. O’zbek tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil lahjasi hamda uning tarkibiga kirivchi shevalar (Toshkent, Andijon, Farg’ona,Namangan, Qo’qon, Jizzax,Samarqand, Kattaqo’rg’on, Buxoro, Qarshi, O’sh, Marg’ilon, Jalolobod va boshqa shaharlarning shevalari) o’zbek adabiy tilining tayanch shevalari hisoblanadi. O’zbek adabiy tilining me’yorlarini belgilashdaToshkentshevasi fonetik jihatdan, Farg’ona, Andijon shevalari morfologik jihatdan tayanch shevalar deb olingan.
Turkiy xalqlar uchun mushtarak obida hisoblangan O’rxun-Yenisey tosh bitiklari,O’rta Osiyo turkiy xalqlarining umumiy adabiy tili namunalari bo’lgan “Devonu lug’otit turk”,”Qutadg’u bilig” kabi o’lmas asarlar o’zbek xalqining dastlabki yozma yodgorliklari hisoblanadi.Eski o’zbek adabiy tilining shakllanishi XIV asr oxirlari va XV asrga to’g’ri keladi.Bu davr adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning hissasi beqiyosdir. O’zbek adabiy tili Lutfiy,Sakkokiy, Navoiy, Bobur ijodi bilan boshlanib, Ogahiy, Furqat, Muqimiylar ijodida rivojlandi, sayqal topdi.
1993 yil 2 sentabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” Qonun qabul qilindi.Ushbu qonun
1995 yil 6 mayda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli o’zgartirishlar bilan qayta qabul qilindi va “Davlat tili haqida”gi Qonun bilan bir qatorda , uning davomi sifatida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Fonetik me'yor. Hozirgi o'zbek adabiy tili uchun 6 unli va 25 undosh
tovush me'yor sanaladi. Ular o'zbek tilida so'zlashuvchilaming talaffuz va yozuv
ehtiyojini qondirib kelayotir, lekin u ayrim kamchiliklarga egadir. Bu kamchiliklar
quyidagalardan iborat: a) ayrim harflar o'z o'mini topmagan: a, о kabilar; b) ikki
mustaqil fonema o'rniga bir harfiy belgi olingan: j.o kabi; v) bir tovush ikki harf
yig'indisi bilan ifodalangan: ng; g) ortiqulyatsiyasi o'xshash fonemalaming harfiy
belgilari ham o'xshash bo'lib qolganligi: x, h kabilar; d) o'zbek adabiy tilning
xususiyatlari to'g'ri kelmaydigan ortiqcha belgi va harflar kirib qolganligi: , e, yo,
yu, ya, s kabilar. Bunday kamchiliklami tugatish va lotin alifbosiga o'tish hozirgi
kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Kordenatalarni almashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |